Migratsiya

Migrantlar diqqatiga: Rossiyaga kirish maqsadini davlatdan chiqmay oʻzgartirish mumkin boʻladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishGrajdane Uzbekistana v aeroportu
Grajdane Uzbekistana v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Endilikda chet el fuqarolari Rossiyaga kirib kelish maqsadini mamlakat tashqarisiga chiqmasdan oʻzgartirishlari mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Rossiyada chet el fuqarolari mamlakatda boʻlib turish maqsadlarini mamlakatdan chiqmay oʻzgartirishlari mumkin boʻladi. Bu RF IIV tomonidan ishlab chiqilayotgan qonun loyihasida koʻzda tutilgan.
"Endilikda alohida mamlakatda boʻlib turish maqsadlarini (masalan, ish va oʻqishni) birlashtirish mumkin boʻladi", — dedi RF IIV migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasi rahbari oʻrinbosari Kirill Adzinov.
Inostrannыe grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Rossiya
Migrantlarga beriladigan ID-kartalarda qanday maʼlumotlar saqlanadi?
Uning soʻzlariga koʻra, chet el fuqarolari RFga kirib kelishda, kirish sababi sifatida qaysi yoʻnalishni belgilashlaridan qatʼi nazar, ularga sayyohlik safarlarini amalga oshirish va tibbiy xizmat olish imkoniyati taqdim etiladi.
IIVda taʼkidlanishicha, chet el fuqarolari (va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar) Rossiyada davolanish uchun yangi turdagi - oddiy tibbiyot vizasini olishlari mumkin.
Bu viza bir yil muddatga beriladi.
Rossiyada boʻlib turgan chet el fuqarolari bilan bogʻliq yana bir yangilik - endilikda ular mamlakatda roʻy berayotgan muhim voqealar va maʼlum harakatlarni amalga oshirish haqida axborot texnologiyalari yordamida xabardor etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala