Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzini Afgʻoniston prezidenti deb eʼlon qilgan Solih Pokistonga qarshi kurashga chorladi

© AP Photo / Rahmat GulVitse-prezident Afganistana Amrulla Salex
Vitse-prezident Afganistana Amrulla Salex - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Afgʻonistonning sobiq vitse prezidenti Solihning fikricha "Tolibon"* hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatda qashshoqlik darajasi keskin ortib ketdi
TOSHKENT, 22 okt - Sputnik. Afgʻoniston sobiq vitse prezidenti Amrulla Solih mamlakatning Pokiston tomonidan "okkupatsiya qilib olinishiga" qarshi kurashishga chorladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Yodingizda boʻlsin: Afgʻoniston Pokiston uni yutib yuborishi uchun juda kattalik qiladi. Bu vaqt masalasi. Barcha jabhalarda qarshilik koʻrsatish – bu bizning gʻururimiz va okkupatsiyani toʻxtatishning yagona yechimidir. Afgʻonistonning kuldan oʻzini qayta tiklay olishi – bu vaqt masalasi", – deb yozgan Solih Twitter ijtimoiy tarmogʻida.
Predstavitel dvijeniya Taliban* Abdul Salam Xanafi posle tretyego zasedaniya moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Foto
Moskvada toliblar bilan muzokaralar qanday oʻtdi
Qobulda hukumat "Tolibon"* harakati tomonidan qoʻlga olingach, Solih oʻzini Afgʻoniston prezidenti vazifasini bajaruvchi deb eʼlon qilgan edi. Bu uning oʻsha vaqtdan buyon internetdagi birinchi chiqishidir.
Sobiq amaldorning soʻzlariga koʻra, "Afgʻoniston Pokiston tomonidan okkupatsiya qilib olingach ikki yarim oy oʻtib" respublika YAIMi taxminan 30%ga pasaygan, qashshoqlik darajasi 90%ga yetgan, ayollar "uy qulligida" saqlanmoqda, hukumat organlari esa oʻz faoliyatini deyarli toʻxtatgan.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala