Jamiyat

Yil oxiriga qadar aholining 80%ini emlashni maqsad qilganmiz - Musayev

© Sputnik / Oliver Ondras / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya preparatom Sputnik V
Vaktsinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Oʻzbekistonda yangi yilga qadar 21 million kishini emlash rejalashtirilgan. Bu dunyo mamlakatlari orasida ham yuqori koʻrsatgich.
TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Oʻzbekiston yil oxiriga qadar 21 million kishini emlashni rejalashtirgan. Bu haqida AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda bosh vaziri oʻrinbosari Behzod Musayev maʼlum qildi.
“Mamlakatimizda ixtiyoriy ravishda vaktsina oladigan fuqarolar soni 21 milliondan ziyod. Hozirgacha shulardan 60 % vaktsinaning birinchi dozasini oldi. Yil yakunigacha vaktsina oluvchi aholi qatlamining 80 % qismini emlashni maqsad qilib qoʻyganmiz. Bu dunyo davlatlari oʻrtasida yuqori koʻrsatkich hisoblanadi”, - dedi Musayev.
Bosh vazir oʻrinbosari aytishiga koʻra, koronavirusdan saqlanishning yagona yoʻli vaktsina olish ekanini aholi ham tushunib bormoqda. Shuningdek poliklinikalarda bir necha tur vaktsinalar tanlovi ham mavjud.
“Koronavirusga qarshi kurashishning birdan bir oqilona yoʻli aholini emlash. Buni fuqarolarimiz ham anglab yetmoqda. Hozir qaysi poliklinikaga bormang, bir necha turdagi vaktsinaning istalgani bilan bepul emlanishingiz mumkin”, - dedi bosh vazir oʻrinbosari.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonda qoʻyidagi vaktsinalardan foydalanilmoqda:
ZF-UZ-VAC 2001 (Oʻzbek-Xitoy);
"Sputnik V" (Rossiya);
AstraZeneca (Shvetsiya-Britaniya);
Moderna (AQSH);
Pfizer/BioNTech (AQSH-Germaniya);
CoronaVac (Xitoy).
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda jami 24,7 million doza vaktsinadan foydalanilgan. Undan 1-doza – 13 mln. kishi, 2-doza - 7,8 mln. kishi va 3-doza 3,7 mln. kishiga qoʻllanilgan. Emlash soni boʻyicha yetakchi hududlar: Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlaridir. Ushbu viloyatlarning har birida jami qoʻllanilgan vaktsinalar soni 2,2 mln. dozadan oshib ketgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala