Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonistonda Salang dovonida qor yogʻib harakat qiyinlashdi- video

© Sputnik / Andrey Solomonov / Fotobankka oʻtishVыvod ogranichennogo voyennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana. Kolonnы sovetskix voysk dvijutsya cherez pereval Salang v gorax Gindukush. 14 fevralya 1989 goda
Vыvod ogranichennogo voyennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana. Kolonnы sovetskix voysk dvijutsya cherez pereval Salang v gorax Gindukush. 14 fevralya 1989 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Tolibon* qishda ham Salang dovonida uzuluksiz harakatni taʼminlash uchun maxsus guruh tuzib, ularni texnika bilan taʼminladi.
TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Qoʻshni Afgʻonistonning muhim transport boʻgʻini - Salang dovonini allaqachon qor qopladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afgʻoniston.
Xabarda aytilishiga koʻra, dovonning shimoliy tomonida qor yogʻishi va muzlamalar tufayli transpor harakati murakkablashgan, janubiy qismi - hozircha ochiq.
"Men Salang dovonining shimoliy qismi uchun javob beraman. Dovonning shimoliy qismi qor bilan qoplangan, janubda hozircha qor kam. Maʼmuriyat xodimlari aholiga yordam berib turibdi. Dovon qor bilan yopilib qolmasligi uchun harakat qilayapmiz", - dedi maʼmuriyat vakili.
Tolibon muvaqqat hukumati qish mavsumida Qobul va Afgʻoniston janubidagi shaharlar taʼminoti uzilib qolmasligi uchun Salang dovonida avtomobil harakatini taʼminlash uchun kerakli texnika bilan jihozlangan maxsus guruhlar tashkil etgani haqida oldin xabar bergan edik.
Aytish joizki, Salang dovoni Afgʻoniston markaziy va janubiy qismining kun koʻrishi uchun oʻta muhim transport arteriyasidir. Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlarirdan olib kelinayotgan yonilgʻi, oziq-ovqat, tibbiy mahsulotlar, umuman hayot uchun kerakli hamma narsa shu yoʻldan olib oʻtiladi. Uning quvvati sutkasiga 500ta yuk mashinasiga moʻljallangan boʻlsa-da, aslida dovondan kuniga mingtagacha texnika oʻtgan vaqtlar ham boʻlgan. Sovet davrida har qanday ob-havo sharoitida dovondagi yoʻllar ishlab turishini taʼminlash maqsadida u yerda 7ta yoʻl otryadi 24 soat davomida ishlardi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala