Dunyoda

Erdogʻan oʻnta davlat elchilarini Turkiyadan chiqarib yuborishni buyurdi

© REUTERS / UMIT BEKTASPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Rajab Toyyib Erdogʻan buyrugʻi bilan oʻnta davlat elchilari "persona non grata", yaʼni "xush koʻrilmagan shaxslar", deya eʼlon qilindi
TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan mamlakat tashqi ishlar vazirligiga AQSH, Kanada, Frantsiya, Finlyandiya, Daniya, Germaniya, Niderlandlar, Yangi Zelandiya, Norvegiya va Shvetsiya elchilarini xush koʻrilmagan shaxslar deya eʼlon qilishni buyurdi.
"Men tashqi ishlar vazirimizga ushbu 10 nafar elchilar zudlik bilan non grata shaxslari deb eʼlon qilinishlari boʻyicha buyruq berdim", - deb aytgan Erdogʻan Eskishexir shahrida chiqishi vaqtida.
Turkiya yetakchisi chiqishi Twitter namoyish etilgan.
Pri vsex atributax protivovirusnoy oboronы: ucheniya raschetov ZRK S-300 v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Dunyoda
"AQShni oʻzi shunga majbur qildi": Erdogʻan Turkiya nega RFdan S-400larni sotib olgani haqida
Oʻnta davlat elchilari ushbu haftada huquq himoyachisi Osman Kavalani ozodlikka chiqarish daʼvati bilan chiqqanidan soʻng, Erdogʻan ushbu daʼvatlarga shu tarzda javob qaytargan.
Shundan soʻng elchilar Turkiya TIV binosiga chaqirtirilib, ularga Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasiga amal qilish lozimligi eslatib oʻtilgan.
Osman Kavala — huquq himoyachisi va etnik va diniy ozchilik loyihalarini qoʻllab quvvatlaydigan Anadolu Kültür AŞ madaniy fondi asoschisi. Bu loyihalar aksariyat hollarda xalqaro yoʻnalishlarda boʻladi — masalan, turk va arman aholisi oʻrtasida yarashuv, qurdlar masalasining tinch yoʻl bilan hal etilishi singari.
2020 yilning fevralida Turkiya sudi uni 2013 yilda Gezi bogʻida hukumatni toʻntarish maqsadida oʻtkazilgan norozilik namoyishlariga aloqadorlik boʻyicha qoʻyilgan ayblovlarda oqlagan edi. Ammo Istanbul prokuraturasi xuddi shu kunning oʻzida uni hibsga olish uchun yangi orderni taqdim etdi - bu safar u Turkiyada 2016 yilning iyulida yuz bergan davlat toʻntarishiga urinish harakatlarida gumonlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala