Issiqda ham sovuqda ham: O‘zbekiston gaz sanoati flagmani qanday ishlaydi - video

Obuna bo‘lish
“Qandim” majmuasi respublika bozoriga yuqori sifatli tabiiy gaz, gaz kondensati va oltingugurt yetkazib beradi.
TOShKENT, 23 okt – Sputnik. O‘zbekiston gaz sanoatining flagmani – Qandim gazni qayta ishlash majmuasi Rossiyaning LUKOYL kompaniya bilan hamkorlikda 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan edi.
Korxona qishin yozin faoliyatini to‘xtatmaydi, barcha jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilgan va korxona xodimlari faqat ishlab chiqarish zanjirlarini boshqaradilar va uskunaning holatini kuzatadilar, deydi Qandim majmuasi direktori o‘rinbosari Vadim Rabenkiy.
“Korxona cho‘l o‘rtasida bo‘lgani uchun, bu yerda iqlim sharoiti og‘ir. Yozda havo harorati 40 daraja issiq bo‘lsa qishda -20 daraja sovuq bo‘ladi. Lekin biz ishlayveramiz, jarayonni to‘xtatmaymiz”, - deydi Rabenkiy.
“Qandim” gazni qayta ishlash majmuasi Markaziy Osiyoda muqobili yo‘q, yirik va murakkab ishlab chiqarish majmuasidir. Majmua 71ta gaz qudug‘ini birlashtiradigan, 245 km asfalt yo‘llar yotqizilgan. Korxonada 2000 mingdan ortiq ishchi ishlaydi.
Korxona yiliga 4 milliard metr kub gaz ishlab chiqaruvchi ikkita liniyasi bo‘lib, yiliga 8 milliard kub metrdan ortiq gaz, shuningdek, yarim million tonna texnik oltingugurt ishlab chiqaradi. Korxonaga kiritilgan sarmoyalar miqdori 3,4 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan 90% - "Lukoyl"ga 10% - "O‘zbekneftgaz"ga tegishli.
© Sputnik / Dmitriy VinogradovKandimskiy gazopererabativayushiy kompleks v Uzbekistane
Kandimskiy gazopererabativayushiy kompleks v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Kandimskiy gazopererabativayushiy kompleks v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0