Jamiyat

Markaziy Osiyolik talabalar uchun Nobel festivali boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishVizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan
Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Azerbayjonlik talabalar dunyo ekspertlari va Nobel mukofotining sovrindorlari bilan muloqot qilishlari mumkin
TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. Markaziy Osiyolik talabalar uchun Nobel sovrindorlari hamda dunyoning yetakchi olimlari 26-29 oktyabr kunlari Uchinchi Nobel festivali doirasida oʻz chiqishlarini qilishadi. Onlayn tadbirda “Kelajak bugundan boshlanadi” shiori bilan biznes, fan, va innovatsiya sohalarinig yetakchi ekspertlari bilan bir nechta munozara, maʼruzalar boʻlib oʻtadi deb xabar qilinmoqda.
Onlayn tadbirda 40 ming nafar inson ishtirok etishi kutilmoqda. Ular ekologiya, iqtisod, sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida innovatsiyalar yaratgan 10 ga yaqin nobel mukofoti sovrindoralari va 30 dan ortiq dunyoning yetakchi ekspertlarining maʼruzalarini tinglab, bahs-munozara yuritishlari mumkin boʻladi.
Shkola №  27 Mirzo-Ulugbekskogo rayona g. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Jamiyat
Talabalar uchinchi kursdan boshlab maktablarda dars berishi mumkin
Shuningdek, talabalarga dunyoning yetakchi universitetlari boʻlgan: London iqtisodiyot maktabi, MIT, Kaliforniya universiteti, Londondagi Imperiya kolleji, Vashington universiteti oʻqituvchilari ham soʻzlaydilar.
Noble Fest spikerlari:

Yuval Noy Xarari - jahon tarixchisi va Insoniyatning qisqacha tarixi "Sapiens" bestseller muallifi;

Lyuk Juliya - Siri asoschisi, Renault group ning bosh tadqiqotchisi

Rae Kvong Chung - Tinchlik boʻyicha 2007 yilgi Nobel mukofoti sovrindori

Pol Robert Milgrom - Iqtisodiyot boʻyicha 2020 yilgi Nobel mukofoti sovrindori, Stenford universiteti professori

Jina Sheller – Germaniya baxt va farovonlik vaziri va boshqalar

KengaytirishYigʻishtirish
Bundan tashqari, ishtirokchilarni innovatsiya, kimyo, fizika, kosmologiya, iqtisod, taʼlim va texnologiya yoʻnalishlari boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlarining chiqishlari kutmoqda.
Uchrashuvlar festivalning onlayn platformasida uchta mamlakat: Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Qozogʻistondan hamda mintaqaviy hamkor universitetlardan translyatsiya qilinib boriladi.
Oʻzbekiston nomidan festival tashkilotchisi Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi boʻldi.
“Talabalar uchun ushbu tadbir – ularning ilm-fandagi boshlangʻich nuqtasiga aylanib, oʻqishni tanlagan yoʻnalish boʻyicha davom ettirib Nobel choʻqqilarini zabt etish uchun motivatsiya boʻladi. Hozirda biz mamlakat oltita yetakchi universiteti bilan retranslyatsiya va studiyalarida faol ishtirok etishga kelishib oldik. Ziyo Forum studiyasi joylashgon yer maydonida toʻrt kun ichida 1000 ga yaqin koʻngilli faol talabalarni jalb qilishni rejalashtirmoqdamiz, dedi fond direktori Bobur Farmonov.
Festival hamkorlari ishtirokchi mamlakatlarning yetakchi OTMlari boʻldi.
Oʻzbekiston oliygohlaridan – Inxa universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala