Rossiya

Moldova gaz uchun qarzini uzmasdan yangi shartnoma tuzishni soʻrayapti

© REUTERS / Gleb GaranichVыborы v Moldavii
Vыborы v Moldavii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Moldova toʻplanib qolgan qarzini uzmasdan yangi shartnoma imzolashni istamoqda. "Gazprom" bunga rozi emas.
TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. Moldova toʻplanib qolgan qarzini toʻliq uzmaguncha Rossiya gaz yetkazib bermaydi. Bu haqida "Gazprom" vakili Sergey Kupriyanov RIA Novostiga xabar qildi.
“Bugungi kunda Rossiya gazini Moldovaga yetkazib berishda ancha murakkab vaziyat yuzaga keldi. Vaziyat shunday boʻlishida ayb toʻliq Moldova hukumati zimmasidadir. Moldova tomonidan toʻlovlar amalga oshirilmay qoʻygan”, - dedi Kupriyanov.

“Ayni damda Moldovaning qarzi 433 mln. dollarni, kechiktirilayotgan toʻlovlar bilan hisoblaganda jai 709 mln. dollarni tashkil qiladi. Lekin Moldova vakillari toʻplanib qolgan ushbu qarzdorlikni tan olishni istamayapti. Shuningdek narx belgilash mexanizmi aniq va ravshan boʻlishiga qaramasdan, ularga gaz narxi ham maʼqul emas”, - deb qoʻshimcha qildi “Gazprom” vakili.

“Gazprom” Moldova bilan gaz shartnomasini faqat qarzlar toʻliq qoplanganidan soʻng uzaytirishini maʼlum qilgan.
Toʻplanib qolgan qarzlarga qaramasdan Moldova tomoni shartnomani oktyabr va noyabr oylariga ham uzaytirishni soʻrab murojaat qilmoqda. “Gazprom” shartnomani oktyabr oyi uchun uzaytirgan. Lekin noyabr uchun shartnoma faqat sentyabr va oktyabr qarzlari toʻliq qoplanganidan soʻng uzaytiradi. Qarzlar qoplanmagan taqdirda 1 dekabrdan boshlab yangi shartnoma imzolanmaydi, deyilgan xabarda.
Shu bilan birga “Gazprom” bu yerda hech qanday siyosat yoʻqligini va kompaniya oʻziga zararga ishlay olmasligini alohida taʼkidlab oʻtgan. "Har qancha sabrning ham chegarasi bor", - dedi Kupriyanov.
Kupriyanov aytishiga koʻra, “Gazprom” Moldova hukumatining “Moldova-gaz” kompaniyasini likvidatsiya qilish niyatini ham tushuna olmayapti. “Moldova-gaz” “Gazprom”ning Moldvadagi hamkori boʻlib, barcha qarzlar ushbu kompaniya hisob raqamiga yozilgan. “Olingan mahsulot uchun oʻz vaqtida toʻlash kerak”, - deydi “Gazprom” vakili.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala