Niqob va masofa: saylovchilar qanday qoidalarga amal qilishi kerak?

© AFP / VYACHESLAV OSELEDKOSituatsiya pered vыborami prezidenta Uzbekistana
Situatsiya pered vыborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Saylov uchastkalari sanitar-epidemiologik nuqtai nazaridan qanday xavfsizlik soralari koʻrilgani haqida batafsil maʼlumot.
TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Ertaga boʻlib oʻtadigan prezident saylovlariga tashrif buyurgan fuqarolar qanday epidemologik xavfizlik qoidalariga amal qilishlari kerak?
Ushbu savolga Sanitariya va epidemologik faravonlik xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev javob berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
1.
Ijtimoiy masofani saqlash (kamida 2,0 metr), binolarning kirish qismini vizual 2 metrdan belgilash;
2.
Saylovga tashrif buyurganlar va kuzatuvchilarni, shuningdek, barcha ishtirokchining niqob taqish qoidasiga qatʼiy amal qilishi;
3.
Shaxsiy gigiyenaga amal qilish uchun sharoit yaratish: barcha saylov uchastkalarida shaxsiy himoya va dezinfektsiya vositalari, yuz niqobi, bir marotabalik qoʻlqop va antiseptiklar bilan taʼminlanadi;
4.
Saylov uchun ajratilgan binolarda muntazam ravishda shamollatish va saylov kunidan oldin dezinfektsiya tadbirlarini oʻtkazish;
5.
Saylovchi hamda saylov komissiyasi aʼzosi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kamaytirish.
Saylov uchastkalarida karantin tadbirlarining toʻliq bajarilishi uchun bugunga qadar quyidaga tadbirlar amalga oshirilgan:
Respublika boʻyicha jami 10 ming 800 saylov uchastkalarning barchasida ijtimoiy masofa belgilari chizildi, izolyator xonalari tashkil qilindi va dori vositalari bilan taʼminlandi;
Saylov uchastkalarining 9 ming 925 tasida tibbiy punktlar tashkil etildi, 21 mingdan ortiq tibbiy xodim biriktirildi;
Saylov kampaniyasi davrida barcha saylov komissiyalari aʼzolari belgilangan reja asosida toʻliq emlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kunida tibbiy-sanitariya xizmatini tashkil etish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash Sogʻliqni saqlash vazirligi, xususan, Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan toʻliq nazoratga olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala