Siyosat

Oʻzbekiston MSK raisi mamlakat prezident saylovlariga toʻliq tayyorligini eʼlon qildi

© Press-slujba TSIK RUzPredsedatel TSIK Uzbekistana Zayniddin Nizamxodjayev
Predsedatel TSIK Uzbekistana Zayniddin Nizamxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Markaziy saylov raisi 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan prezident saylovlari, nafaqat qonun, balki axborot texnologiyalari jihatdan ham yangicha shaklda tashkil etilishini maʼlum qildi
TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq, bir qator tadbirlar oʻtkazdi va Oʻzbekiston prezident saylovlariga tayyorgarlik ishlarini yakunladi. Bu haqda shanba kuni MSK raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev maʼlum qildi.
Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.
Nizomxoʻjayevning qayd etishicha, ertaga, 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan prezident saylovlari, nafaqat qonun, balki axborot texnologiyalari jihatdan ham takomillashtirilgan holda qoʻllash orqali yangicha shaklda tashkil etiladi.
Oʻzbekistondagi prezident saylovlarini 20ga yaqin nufuzli xalqaro tashkilotlardan dunyoning 50ga yaqin davlatlaridan kelgan xalqaro kuzatuvchilar, shuningdek, mahalliy va xorijiy yirik OAV vakillari bevosita kuzatib boradilar.
Situatsiya pered vыborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Niqob va masofa: saylovchilar qanday qoidalarga amal qilishi kerak?
"Ertaga boʻlib oʻtadigan boʻlib oʻtadigan saylovda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Konstitutsiyaviy normalar va xalqaro standartlarga muvofiq, davriylik printsipi asosida saylanadi. Bu Oʻzbekiston Respublikasining umumeʼtirof etilgan xalqaro demokratik saylov tamoyillariga sodiqligining amaldagi yana bir ifodasidir", - dedi MSK raisi.
Nizomxoʻjayevning maʼlum qilishicha, Markaziy saylov komissiyasi va quyi saylov organlari tomonidan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni yuksak demokratik talablar darajasida oʻtkazish uchun tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda keng koʻlamli ishlar bajarilgan.
Situatsiya pered vыborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Saylov uchastkalarida qanday xavfsizlik choralari koʻrilmoqda?
Oʻzbekistondagi 10 760ta hamda 37ta xorijiy davlatlarda tashkil etilgan 54 ta saylov uchastkalari ovoz berish jarayonlari uchun hozir.
Saylov uchastkalarida ovoz berish saylovchilarning salomatligini muhofaza qilgan holda xavf-xatardan holi, karantin talablariga muvofiq oʻtkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala