Turizm

Noyabrdagi dam olish kunlarida rossiyaliklar eng koʻp Oʻzbekistonga uchishi maʼlum boʻldi

© Mixail GenisSamarkand, mavzoley Shaxi-Zinda
Samarkand, mavzoley Shaxi-Zinda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Transport chiptalari xarid qilish xizmati xabariga koʻra 30 oktyabrdan 7 noyabrgacha boʻlgan davrda Rossiya-Oʻzbekiston yoʻnalishida aviachiptalarga talab 1,5 baravar oshgan.
TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Noyabr oyining boshida Rossiyada eʼlon qilingan dam olish kunlarida rossiyaliklar eng koʻp Oʻzbekistonga borishi maʼlum boʻldi. Bu haqida Tutu.ru transport chiptalari xarid qilish xizmati xabar bermoqda.
30 oktyabrdan 7 noyabrgacha boʻlgan davrda Rossiya-Oʻzbekiston yoʻnalishida aviachiptalarga talab 1,5 baravar oshgani maʼlum boʻldi.
Xususan, rossiyaliklar borishni rejalashtirgan top 10 davlatlar:
1.
Oʻzbekiston — 16,6%;
2.
Armaniston — 14,1%;
3.
Turkiya — 13,5%;
4.
Qirgʻiziston— 9,6%;
5.
Ozarbayjon — 6,6%;
6.
Moldaviya — 6,1%;
7.
Belarus — 4,4%;
8.
Kipr — 3,0%;
9.
Qozogʻiston — 2,8%;
10.
Misr — 1,0%.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyada epidemiologik vaziyat yomonlashishi munosabati bilan, prezident Vladimir Putin 30 oktyabr - 7 noyabr kunlarini dam kunlari deb eʼlon qilgan edi.
Rossiyada soʻnggi kunlarda koronauirusga chalingan fuqarolar va vafot etayotganlar soni kun sayin yangi rekord darajasiga oshib bormoqda. Xususan 23 oktyabr kuni bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni 37678 kishini qurbon boʻlganlar esa 1075 kishini tashkil qildi.
© tutu.ruRossiyane bolshe vsego xotyat poyexat v Uzbekistan
Rossiyane bolshe vsego xotyat poyexat v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Rossiyane bolshe vsego xotyat poyexat v Uzbekistan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala