Jamiyat

Oʻzbekistonda Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisaniye dokumentov
Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Kursantlar 1-bosqich taʼlim muddati yakunlanganidan soʻng muddatli harbiy xizmatni oʻtagan hisoblanadi va ularga harbiy guvohnoma beriladi.
TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari quyidagilar:
- Ichki ishlar vazirligi akademiyasi;
- Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti.
Mazkur taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.
Detskiy sadik v Priaralye  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Iqtisod
Kelgusi yilda taʼlim va tibbiyot sohalariga qancha mablagʻ ajratilishi maʼlum boʻldi
Kunduzgi taʼlim shaklida oʻqish kamida 3 yil davom etadi.
Bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (masofaviy), sirtqi taʼlim davomiyligi oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xodimlar uchun kamida 4 yil, oliy maʼlumotga egalar uchun 3 yil etib belgilanadi.
Kursantlar 1-bosqich taʼlim muddati yakunlanganidan soʻng muddatli harbiy xizmatni oʻtagan hisoblanadi va ularga harbiy guvohnoma beriladi.
Magistratura mutaxassisliklarida oʻqitish kunduzgi yoki masofaviy taʼlim shakllarida amalga oshirilib, oʻqish davomiyligi kamida 1 yilni tashkil etadi.
Shuningdek, taʼlim muassasalari boshqaruv sohasiga mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun 2 bosqichli (ikki yillik) magistraturani tashkil etishi mumkin. Bunda bitiruvchilarga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyati beriladi.
Taʼlim muassasalari bitiruvchilariga diplom bilan birga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi koʻkrak nishoni beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala