Saylov uchastkalarida qanday xavfsizlik choralari koʻrilmoqda?

© AFP / VYACHESLAV OSELEDKOSituatsiya pered vыborami prezidenta Uzbekistana
Situatsiya pered vыborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezident saylovining asosiy ovoz berish kunida respublika hududidagi barcha saylov uchastkalarida huquqiy va epidemiologik nuqtai nazardan barcha xavfsizlik choralari taʼminlanadi.
TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan prezident saylovlarida qanday xavfsizlik choralari koʻrilmoqda?
Ushbu savolga IIV matbuot xizmati rahbari Shohruh Gʻiyosov javob berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Saylovning asosiy ovoz berish kuni - 24 oktyabr kuni barcha saylov uchastkalarida, Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq, quyidagi xavfsizlik choralari koʻriladi:
barcha saylov uchastka binolari ovoz berish kunidan oldin (1 kun va 4 soat avval) sapyorlar tomonidan toʻliq tekshiriladi va 23 oktyabr soat 18:00ga qadar qoʻriqlovga olinadi;
ovoz berish kuni saylov uchastkalari hamda uning atrofida jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun 53 670 nafar huquq-tartibot va jamoatchilik vakillari xizmatga jalb etiladi;
joylarda yongʻin oʻchirish boʻlinmalarining jangovar hisoblari va tez tibbiy yordam xizmatlarining uzluksiz navbatchiligi tashkil etildi;
har bir saylov uchastkasi binosi atrofida hududiy profilaktika inspektorlari,Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmati yoʻlga qoʻyildi;
Turli noxush holatlar va ularning ijtimoiy xavfli oqibatlarini bartaraf etish uchun har bir hududda alohida zaxira kuchlaritoʻliq shay holatga keltirildi. Ushbu maqsadda jami 3 886 nafar shaxsiy tarkibdan iborat zaxira kuchlari tuzildi.
Albatta, ovoz berish jarayoni davomida bironta xodim tomonidan fuqarolarning ovoz berish jarayoniga aralashish, kimga ovoz berganligini soʻrash hamda biror tashviqot materialini tarqatishga, shuningdek, saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Saylov uchastkasida biror qoidabuzrlik yuz bergan taqdirda IIV vakillari tomonidan ushbu holat "Shakl-2" boʻyicha rasmiylashtirilib, hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi yetib boradi. Tergov-tezkor guruhi aʼzolari – tergovchi, tezkor vakil, ekspert-kriminalist, profilaktika inspektori va kinolog tarkibidan iborat.
Tibbiy xavfsizlik choralari:
Pandemiya sharoitida kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida saylov uchastkalarida qoʻyidagi choralar koʻrilgan:
har bir saylov uchastka binosida tibbiyot xodimlari navbatchiligi tashkil etildi;
har bir ovoz berish xonalari tadbirdan avval toʻliq dezinfektsiya qilinadi;
saylov uchastka komissiyasi va fuqarolar tomonidan tibbiy niqoblar va sanitayzer vositalaridan foydalaniladi;
ijtimoiy masofani saqlash, shaxsga oid hujjatlarni xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda tekshirilishi taʼminlanadi;
savlovchining tana harorati 37 gradusdan yuqoriligi aniqlansa, fuqaro alohida xonada koʻchma saylov qutisi orqali ovoz beradi;
Shu bilan birga IIV karantin yaoralariga amal qilmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirishgan.
Amaldagi “Saylov kodeksi”ga koʻra, respublika boʻyicha jami 10 760 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan, boʻlib ularning aksariyati (80%) maktab va kollejlarda joylashtirilgan. Ayni damla barcha saylov byulletenlari (18 546 080 dona) saylov okrugi va saylov uchastkalariga oʻz muddatida yetkazib berilgan va ishonchli qoʻriq ostida saqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0