Dunyoda

Assanjni AQSH tomonidan yoʻq qilish fitnalarini uning qayligʻi qattiq tanqid qildi

© Sputnik / Aleks Maknoton / Fotobankka oʻtishProkuratura Shvetsii prekratila sledstviye po delu Assanja
Prokuratura Shvetsii prekratila sledstviye po delu Assanja - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Markaziy razvedka byurosi tomonidan Julian Assanjni ekstraditsiya qilishga harakatlari imkonsiz ekanligini uning kelini aytib oʻtdi
TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. AQShni fosh qilgan Wikileaks asoschisi Julian Assanjni goʻyoki Ekvadorning Londondagi elchixonasidan oʻgʻirlab, yoʻq qilishni 2017 yilda AQSH reja qilganligi sabab, Britaniya Oliy sudi ekstraditsiyaga rozi boʻlishiga oʻrin yoʻq. Bu haqda RIA Novosti Assanjning qayligʻi Stella Moris soʻzlariga tayangan holda xabar berdi.
“Markaziy razvedka byurosi (MRB) Mashhur fosh etuvchi Assanjni elichoxonada yoʻq qilishni reja qilganidan soʻng, Buyuk Britaniya uning ekstraditsiya qilinishiga rozilik berishi imkonsiz narsadir”, – dedi Stella Moris.
Moris shanba kuni London markazida joylashgan Bi-bi-si shtab kvartirasi boʻylab to Oliy sudga qadar yuzlab yigʻilgan odamlarning harakat qilgan oqimiga qoʻshildi. U yerda keyingi hafta Buyuk Britaniya okrugining sudyasi Assanjni sogʻligʻi yomonlashgani tufayli bermaslik boʻyicha chiqargan qarori ustidan AQSH Adliya vazirligi yuborgan apelyatsiya shikoyati koʻrib chiqiladi.
Osnovatel WikiLeaks Djulian Assanj - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2019
Dunyoda
WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Londonda hibsga olindi
WikiLeaks muharriri, shuningdek, bir nechta britaniya qonun chiqaruvchilari “Assanjni bermaslik” boʻyicha maxsus bannerlar bilan yurishlarda ishtirok etgan Kristinn Xrafnsson ham oʻtgan oyda Yahoo platformasida qilingan yangi foshlar Oliy sud sudyalari uchun ekstraditsiya qilishni rad qilishi uchun muhim rol oʻynashini taʼkidlagan.
“Men umid bildiramanki, Assanjni bermaslik boʻyicha sud toʻgʻri qaror qabul qiladi, bu yagona hayotiy yechimdir, aks holda bu butun boshli jurnalistika uchun halokat boʻlib xizmat qiladi” – dedi muharrir.
Iyul oyining boshlarida London Oliy sudi AQShga Assanjni ekstraditsiya qilish boʻyicha chiqargan britaniya sudining qarori ustidan shikoyat qilishi mumkinligini maʼlum qilgan.
London sudi AQSH apellyatsiyasini 27-28 oktyabrda koʻrib chiqadi.
OAVlari sal avvalroq AQSH amaldorlari va MRB rahbariyati WikiLeaks asoschisi Djulian Assanjni 2017 yilda Ekvadorning Londondagi elchixonasida panoh topib yurgan paytlarida gumdon qilish haqidagi rejalar xabar qilingan edi. Unga koʻra, Assanjni elchixonadan pinhona oʻgʻirlash yoki yashirincha qochishga harakatlar qilganda, uni qoʻlga olish rejalashtirilgan.
Shvetsiya huquq tartibot organlari tomonidan 2010 yilda Assanj ustidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bir necha yildan beri Londondagi Ekvador elchixonasida, siyosiy boshpana berilgan shaxs sifatida yashab kelayotgan edi.
Ammo 2019 yil 11 aprel kuni Ekvadorning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida poytaxt politsiyasi xodimlari tomonidan hibsga olingan. Oʻtgan davrdan beri Assanj Belmarsh nomli qattiq tartibli qamoqxonada ushanib turilibdi. Eskstraditsiya boʻyicha eshitishlar 2019 yil 2 mayda boshlanib, hozirga qadar davom etib kelmoqda. Unga nisbatan josuslik va mahfiy maʼlumotlarni fosh qilish boʻyicha 17 ta qonun buzilishlarida ayblovlar eʼlon qilingan.
Agar u AQShga ekstraditsiya qilinsa, Assanjni 175 yillik qamoq jazosiga mahkum etilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala