Jamiyat

Bola asrab olish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar roʻyxati kengaytirildi

© Unsplash / Guillaume de GermainJenщina derjit rebenka za ruku
Jenщina derjit rebenka za ruku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev farzand asrab olish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi.
TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda bola asrab olish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar roʻyxati kengaytirildi. Prezident tegishli qonunga imzo chekdi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi.
Xususan, hayotga, sogʻliqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarshi, oʻzganing mol-mulkini talon-taroj qilish, giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq va boshqa bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchilar boʻlishi mumkin emas.
Ilgari qasddan har qanday jinoyatni sodir etganlar farzandlikka oluvchi boʻlishi taqiqlangan
Rebenok v detskom dome-internate, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston internatlarida bolalar soni ikki baravar koʻp - YUNISEF
Qonun bilan ijtimoiy ahamiyati katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan hamda farzandlikka olishga toʻsqinlik qilmaydigan jinoyat turlarini sodir etib, jazo muddatini oʻtaganlarga nisbatan farzandlikka va vasiylikka olish imkoniyati yaratilmoqda.
Shuningdek, hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ayrim kasalliklarga chalinganlar ham farzandlikka oluvchi boʻlishi mumkin emasligi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0