Komilov: sudlarga saylovdagi qonun buzilishiga oid xabar kelib tushgani yoʻq

© Press-slujba TSIK RUzPredsedatel Verxovnogo suda RUz Kamilov Kozimdjan
Predsedatel Verxovnogo suda RUz Kamilov Kozimdjan  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Oliy sud raisi sudlariga prezident saylovi biror bir ish kelib tushmaganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. 24 oktyabr soat 15-00 holatiga respublika sudlariga prezident saylovi jarayonlari bilan bogʻliq ommaviy nizolar, maʼmuriy huquqbuzarlik va jinoyat ishlari kelib tushmagan. Bu haqda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Fuqarolarning saylash yoki saylanish, saylovoldi targʻiboti olib borish huquqlarini, ishonchli vakillarni oʻz vakolatlarini erkin amalga oshirishlarida zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, aldash yoki ogʻdirib olish yoʻli bilan toʻsqinlik qilish bilan bogʻliq jinoyat ishlari ham sudlarning ish yurituviga kelib tushmaganligini maʼlum qilaman”, - dedi u matbuot anjumanida.
Bundan tashqari, 24-iyuldan 14 oktyabrga qadar saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashish, qarorlarini ijro etmaslik, nomzodning, ishonchli vakilining, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, yolgʻon maʼlumotlar tarqatish, saylovni moliyalashtirish tartibini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik bilan bogʻliq ishlar sudlarga kelib tushmagan.
Generalnыy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Saylov jarayoni umumtan olingan xalqaro qoidalar asosida boʻlib oʻtmoqda – bosh prokuror
Ayni paytda saylov oldi tashviqot jarayoni boshlangandan buyon shu kunga qadar saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibini buzish, saylovga tayyorgarlik koʻrish jarayonida axborot va tashviqot materiallarini qasddan yoʻq qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bogʻliq boʻlgan qoidabuzarlik uchun biron-bir shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala