MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan prezident sayloviga baho berdi

© SputnikPredsedatel Ispolkoma SNG Sergey Lebedev
Predsedatel Ispolkoma SNG Sergey Lebedev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Eksklyuziv
Sergey Lebedevning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda prezident saylovi yuqori faollik, ochiq va demokratik tarzda boʻlib oʻtmoqda.
TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda prezident saylovi yuqori faollik, ochiq va demokratik tarzda boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozirgacha hech qanday qonun buzilishi qayd etilmagan, mahalliy kuzatuvchilardan shikoyat kelib tushmagan.
Lebedev kuzatuvchilar biror bir yerda oʻz ishlarida toʻsqinlikka duch kelishmagani va saylovlar demokratik oʻtayotganiga shubha yoʻqligini qoʻshimcha qildi.

“Saylovning demokratik ekanligiga shubha yoʻq, chunki 5 nomzod qatnashmoqda, ularning dasturlari yaxshi. Saylovoldi targʻibotida qora piar va kompromat urushi boʻlmadi”, - dedi Lebedev.

MSK maʼlumotlariga koʻra, soat 11:00 ga qadar saylovchilarning 6 mln 669 ming 552 nafari yoki 33, 6 foizi ovoz bergan.
Oʻzbekiston Saylov kodeksining 96 -moddasiga muvofiq, agar saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan boʻlsa saylov oʻtgan hisoblanadi.
Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Oʻzbekistonda prezident saylovi - onlayn
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala