Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga saylovda ovoz berdi - video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Liberal-demokratik partiyadan O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani “Alisher Navoiy” mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.
Amaldagi prezident va bir vaqtning o‘zida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z fuqarolik burchini ado etish uchun ovoz berish jarayonida oilasi - rafiqasi, qizlari, o‘g‘li, kuyovlari va nabiralari bilan tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
24 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 8.00 da prezident saylovlariga start berildi. Shuningdek, dunyoning o‘nlab davlatlarida uchastkalar ochildi.
Ayni vaqtga kelib barcha nomzodlar o‘z ovozlarini berishdi.
Yangiliklar lentasi
0