Moskvada minglab o‘zbekistonliklar prezident saylovida ovoz berish uchun turnaqator bo‘lishdi

Obuna bo‘lish
Moskvadagi O‘zbekiston fuqarolari o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz berishdi.
Erta tongdan Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi oldi gavjum. O‘zbekistonliklar prezident saylovida ovoz berish uchun bu yerga kelishdi. Ularning o‘z mamlakati taqdiriga befarq emasligini anglash qiyin emas edi, chunki ob-havo sovuq bo‘lishiga qaramasdan saylovchilarning oxiri ko‘rinmasdi. Ovoz berishga fuqarolar oila a’zolari bilan, talabalar guruh–guruh bo‘lib kelishdi. Ish beruvchilar o‘z xodimlarining saylov uchastkasiga borishini tashkillashtirishdi.
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmoqda: elchixonaga kirishda barchaning harorati o‘lchanmoqda. Saylovchilarga niqob taklif qilinmoqda.
Moskvadagi vatandoshlar O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi bilan birgalikda saylovlarda ishtirok etib chiqqan fuqarolarga issiq ichimlik va yegulik tarqatishdi.
Yangiliklar lentasi
0