MSK shu vaqtgacha saylov qonunchiligi buzilishi haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi

© SputnikV Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning barcha tuman va shaharlaridagi bittadan, jami 207 ta saylov uchastkasiga 414 ta videokamera o‘rnatilgan.
TOShKENT, 24 okt - Sputnik. 10.00ga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda prezident saylovi xalqaro meyorlar va standartlarga mos milliy saylov qonunchiligimizga, unda belgilangan ochiqlik, oshkoralik va adolatlilik kabi xalqaro demokratik prinsiplarga to‘la mos holda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Bu haqda MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ma’lum qildi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
O‘zbekistonda prezident saylovlarida ovoz berish jarayoni boshlandi
Eslatib o‘tamiz, bugun - 24-oktabr 8:00da O‘zbekistonda prezident saylovlarida ovoz berish uchun tashkil etilgan 10 ming 761 ta saylov uchastkada Davlat madhiyasi yangradi va saylovchilar ovoz berishga kirishdi. Barcha saylov uchastkalarida pandemiya sharoitida aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, saylovchilar va saylov tashkilotchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 37 ta xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan 54 ta saylov uchastkalari, xususan, Sharq mamlakatlarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ish boshladi.
"Hozirga qadar Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ovoz berish jarayoni davomida saylov qonunchiligi buzilishi haqida ma’lumotlar kelib tushmadi. Agar saylovchilar, kuzatuvchilar yoki ommaviy axborot vositalari vakillari saylov qonunchiligi buzilishi holatlarini aniqlagudek bo‘lsa, ular sud, prokuratura organlari yoki saylov komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin", - dedi Nizomxo‘jayev.
Predsedatel SIK Uzbekistana Zayniddin Nizamxodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
O‘zbekiston MSK raisi mamlakat prezident saylovlariga to‘liq tayyorligini e’lon qildi
Buning uchun barcha saylov uchastkalarida ma’muriy sudlar va prokuratura organlarining telefon raqamlari haqida ma’lumotlar mavjud. Matbuot markazining majlislar zalidagi ekranda soat 11.00 holatiga saylovda qatnashganlar soniga doir dastlabki ma’lumotlarni e’lon qilish rejalashtirilgan. Joriy yildagi saylovda O‘zbekistonda tashkil etilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovchi kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida mamlakat tarixida birinchi marta beshta siyosiy partiyadan nomzodlar raqobatga kirishgan.
Bular: O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Narzullo Naimovich Oblomuradov; O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Maksuda Azizovna Varisova; Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev; O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Keldiyevich Qodirov; O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov.
Shavkat Mirziyoyev vo vremya golosovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Shavkat Mirziyoyev prezident saylovlarida ovoz berdi
Respublikadagi mavjud saylov uchastkalarining barchasi telefon aloqasi bilan to‘liq ta’minlangan. Shundan 96,7 foizi optik tolali yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan. Qolgan 3,3 foizi mobil va radio aloqa tarmog‘i hamda sun’iy yo‘ldosh orqali yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan. Joriy yilgi saylovlarda O‘zbekistonning barcha tuman va shaharlaridagi bittadan, jami 207 ta saylov uchastkasiga 414 ta videokamera o‘rnatilgan.
Saylovni jami 971 nafar xalqaro kuzatuvchilar, jumladan yigirmaga yaqin xalqaro tashkilotdan 631 nafar, ellikka yaqin davlatidan kelgan 340 nafar xalqaro kuzatuvchilar bevosita kuzatib bormoqda. Prezidentlikka nomzod ko‘rsatgan beshta siyosiy partiyadan 53 ming 717 nafar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqari organlaridan 10 ming 733 nafar kuzatuvchilar saylovni bevosita kuzatmoqda. Saylovni jami 1672 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari yoritib bormoqda.
Situatsiya pered viborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Niqob va masofa: saylovchilar qanday qoidalarga amal qilishi kerak?
Saylov 2021-yil 8-fevralda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga binoan ilk bor oktabr oyida o‘tkazilmoqda.
Ertalab soat 8:00da respublikada tashkil etilgan 10 ming 761 ta saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi va saylovchilar ovoz berishga kirishdi. 14-oktabrdan 20-oktabrgacha o‘tkazilgan muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan 421 ming 618 nafar saylovchi foydalandi.
Barcha saylov uchastkalarida pandemiya sharoitida aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, saylovchilar va saylov tashkilotchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 37 ta xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan 54 ta saylov uchastkalari, xususan, Sharq mamlakatlarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ish boshladi.
Joriy yildagi saylovda saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovchi kiritilgan.
Joriy yildagi saylovda respublikada tashkil etilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovchi kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0