O‘zbekiston prezident saylovida qanday xavfsizlik choralari ko‘rilgan

© SputnikV Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna bo‘lish
Saylov uchastkalari hamda uning atrofida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 53.670 nafar huquq-tartibot va jamoatchilik vakillari xizmat qilishmoqda
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Saylov jarayonida jamoat xavfsizligini, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash hamda tartibbuzarliklarni oldini olish ichki ishlar organlari tomonidan qanday ta’minlanmoqda. Bu haqda IIV Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, ichki ishlar organlari kuzatuvida respublika hududi bo‘ylab jami 18.546.080 dona saylov bulletenlarini saylov okrugi va uchastkalariga 294 ta patrul avtomashinalari nazoratida yetkazib berilishi ta’minlandi.
Vibori v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Xorijda o‘zbekistonliklar ovoz berishda faol ishtirok etmoqda - Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari
Shuningdek, uchastka va okrug saylov komissiyalariga borish istagini bildirgan kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun 208 ta patrul avtomashinalari jalb etilgan.
Bu kuzatuvchilarning harakatlanishida hech qanday cheklovlarga uchramay xavfsiz yetib borishlarini ta’minlamoqda.
Har bir saylov uchastkalari binolari xavsizlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan, xususan, ovoz berish kunidan (1 kun va 4 soat avval) sapor mutaxassislari binolarni to‘liq tekshirishib, hududlar qo‘riqlovga olingan.
Shu maqsadda, ovoz berish kuni (24 oktabrda) saylov uchastkalari hamda uning atrofida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 53.670 nafar huquq-tartibot va jamoatchilik vakillari xizmat qilishmoqda.
Ular, ovoz berish jarayoniga hamda uchastka saylov komissiyalari va kuzatuvchilarning faoliyatiga aralashmasdan saylov uchastkalarida karantin qoidalariga to‘liq rioya qilish va turli noxush hodisalarining oldini olish ishlarini olib borishqomda.
Shavkat Mirziyoyev vo vremya golosovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Shavkat Mirziyoyev prezident saylovlarida ovoz berdi
Bevosita, saylov uchastka binolarida xavfsizlikni ta’minlashga jalb etilgan har bir xodimga – ovoz berish jarayoniga aralashmaslik shart ekanligi tushuntirilgan. Mazkur talabni to‘liq bajarish uchun, xizmat – faqat tashqaridan turib amalga oshirishmoqda.
Saylov jarayonlarida Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha yoki jinoiy javobgarlik bilan bog‘liq barcha holatlarda, hodisa joyiga darhol prokuratura yoki ichki ishlar organlari yetib borishadi va tegishli protsessual harakatlar o‘tkazishadi.
Yangiliklar lentasi
0