Siyosat

Oʻzbekistonda prezident saylovlarida ovoz berish jarayoni boshlandi

© SputnikV Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Oʻzbekiston poytaxtida prezident saylovlarida ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochildi. Anʼanaga koʻra, davlat madhiyasi yangradi
TOSHKENT, 24 okt - Sputnik. Toshkent shahrida, bugun, 24 oktyabr kuni soat 08.00da prezident saylovlarida ovoz berish jarayoni start oldi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Yakkasaroy tumanidagi 552-saylov uchastkasidan.
Poytaxtda tashkil etilgan saylov uchastkalari soni 822 tani tashkil etadi. Ulardan 79 tasi Toshkentdagi kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalari hamda harbiy qismlarda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jami 10 ming 761 ta saylov uchastkalari tuzilgan.
Barcha saylov uchastkalariga kirish joylarida panduslar oʻrnatilgan, saylov uchastkalarining ichida nogironligi boʻlgan saylovchilar erkin va toʻsiqlarsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilgan.
© SputnikV Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
Saylovga oid axborot materiallari, jumladan, prezidentlikka nomzodlarning biografiyalari va saylovoldi dasturlari Brayl alifbosida chop etilgan.
Saylov byulletenlari uchun Brayl alifbosida trafaretlar tayyorlanib, har bir saylov uchastkasiga 2 donadan yetkazib berilishi taʼminlangan.
© SputnikV Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
Prezidentlikka nomzod koʻrsatgan beshta siyosiy partiyalardan 53 ming 717 nafar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan 10 ming 733 nafar kuzatuvchilar saylovni bevosita kuzatib boradi.
Erta tongdan boshlash oʻnlab odamlar navbatda turibdi, 30-40 kishi ovoz berdi.
Saylovlarni yoritish bilan birga ovoz berish jarayonida ishtirok etish ham muhim prezident saylov jarayonida ishtirok etgan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bu jihatni alohida taʼkidlab oʻtdi.

“Ilgari fuqaro viloyatdan poytaxtga kelib yoki aksincha bir viloyatdan boshqa viloyatga saylov kuni safar/ish bilan boradigan boʻlsa, u ovoz berish huquqidan mahrum boʻlib qolardi. Bugungi kunda esa hatto vaqtinchalik “propiska” boʻyicha emas, balki saylov jarayenini yoritish uchun tanlagan hududdk - Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumanidagi uchastkada ovoz berdim va bu yaratilgan eng katta qulayliklardan biri. Shunchaki qoʻshimcha roʻyxatga kiritishdi, xolos. Saylovchilarning yagona bazasi yaratilgani mana shunday qulay imkoniyatni taqdim etdi", - dedi Sputnik muxbiri.

Oʻzbekiston saylovini oʻtkazuvchi birinchi saylov uchastkasi 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 04.00da Yaponiyaning Tokio, Janubiy Koreyaning Seul shaharlarida ochildi.
Oʻzbekiston prezidenti saylovi AQShning Nyu-York shahrida Toshkent vaqti bilan 06.00 da 25 oktyabr kuni yakunlanadi.
Taʼkidlab oʻtish kerakki, Oʻzbekistondagi prezident saylovini kuzatish uchun 971 nafar xalqaro kuzatuvchi tashrif buyurgan.
© SputnikV Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
Bular Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti, YEXHT Parlament Assambleyasi va Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, SHHT va boshqa xalqaro tuzilmalardan jami 631 nafar, dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 340 nafar xalqaro kuzatuvchilardir.
© SputnikV Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
Saylov jarayonlarini yoritish uchun jami 197 ta mahalliy OAVning 1439 nafar vakillari va 140 dan ortiq nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarining 233 nafar jurnalistlari, umumiy hisobda 1672 nafarmahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan.
Oʻzbekiston prezidenti saylovini oʻtkazishda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi, saylov okruglari va uchastkalari hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
© SputnikV Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
V Uzbekistane nachalis vыborы prezidenta
Saylov qonunchiligiga muvofiq joriy yilning 14-20 oktyabr kunlari saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish oʻtkazildi.
Oʻzbekiston prezidenti saylovida jami 421 ming 618 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan boʻlib, mamlakat boʻyicha 301 ming 94 nafar saylovchi hamda xorijiy davlatlarda 120 ming 524 nafar saylovchi-vatandoshlar ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala