Prezident saylovida necha foiz saylovchi qatnashgani maʼlum qilindi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPodschet golosov
Podschet golosov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston boʻyicha saylovda ishtirok etganlar 16 million 36 ming 914 nafarni yoki 80,8 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda MSK raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning soʻzlariga koʻra, chet ellarda ovoz bergan vatandoshlar soni haqida ertaga, 25 oktyabr kuni maʼlumot beriladi.
Oʻzbekiston Saylov kodeksining 96-moddasida, saylov, agar unda saylovchilarning kamida 33 foizi ishtirok etgan boʻlsa, haqiqiy deb hisoblanishi belgilangan.
“Demak, Saylov kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtgan va haqiqiy deb hisoblanadi”, - dedi Nizomxoʻjayev.
MSK raisining taʼkidlashicha, saylov jarayonlari mamlakatning tuman va shaharlaridagi 207 ta saylov uchastkalariga oʻrnatilgan 414 ta videokameralar orqali onlayn translatsiya qilindi.
Ovoz berish jarayonlari akkreditatsiyadan oʻtgan 1672 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining vakillari tomonidan keng yoritildi.
Saylov yigirmaga yaqin xalqaro tashkilotdan, ellikka yaqin davlatdan kelgan minga yaqin xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bevosita kuzatib borildi.
Saylov uchastkalarida siyosiy partiyalarning prezidentlikka nomzodlarga berilgan ovozlarni sanab chiqish jarayonlari davom etmoqda.
Ertaga, yaʼni 25 oktyabr kuni soat 16:00 da saylovning dastlabki natijalari eʼlon qilinadi.
Kak v Rossii vыbirali prezidenta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Video
Moskvada minglab oʻzbekistonliklar prezident saylovida ovoz berish uchun turnaqator boʻlishdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala