Hodisalar

Simob va platinani 530 ming dollarga sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi

© Pexels / KindelNaruchniki, illyustrativnoye foto
Naruchniki, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Qonunbuzar shaxsdan olib qoʻyilgan platina va simobning umumiy qiymati 1 mlrd 128,5 mln soʻmni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Xorazm viloyatida quyma platina va simob suyuq metalining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
DXX xodimlari ishtirokida Urganch shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs ogʻirligi 1 kg. 22 gr.ni tashkil qiluvchi 1 dona platina quymasini va salkam 514 gr. ogʻirlikdagi zaharli simob moddasini sotishga uringan vaqtida ushlangan.
Granitsa mejdu Kazaxstanom i Kыrgыzstanom, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Dunyoda
Oʻzbekiston bilan chegarada pora olib kelgan qator qirgʻiz amaldorlari qoʻlga olindi
U platina quymasini 30 ming dollarga, simobning har bir gramini 1000 dollardan hisoblab, jami 500 ming dollarga sotishni koʻzlagan.
Qonunbuzar shaxsdan olib qoʻyilgan platina va simobning umumiy qiymati 1 mlrd 128,5 mln soʻmni tashkil qilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala