Xorijda o‘zbekistonliklar ovoz berishda faol ishtirok etmoqda - Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

© AFPVibori v Uzbekistane
Vibori v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna bo‘lish
Farxod Arziyev xorijda O‘zbekiston prezidenti saylovlarida ovoz berish jarayoni to‘g‘risida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Farxod Arziyev xorijda prezident saylovlarida ovoz berish jarayoni haqida to‘xtaldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

“37 ta davlatda saylov uchastkalari tashkil etilgan. Ertalab soat 8.00 dan saylovchilarni qabul qilishni boshladik. Vaqtdagi farqi bor, birinchi ovoz berish Yaponiyada, Janubiy Koreyada boshlandi. Rossiyada biroz keyinroq boshlandi. Tez orada Shimoliy Amerika qismida ovoz berish jarayoni boshlanadi. Saylov davomida tayyorgarlik ishlari olib borildi: O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi", - dedi TIV vakili.

Fuqarolarga qulay bo‘lishi uchun 54 ta saylov uchastkalarida mobil uchastkalar ham o‘rnatildi.
V Uzbekistane otkrilis izbiratelnie uchastki na viborax prezidenta strani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Prezident saylovlarida ovoz berish jarayoni qanday boshlandi - video
Xorijdagi elchixonalarda saylovga tayyorgarlik jarayonida saylovchilarni ro‘yxatga olishni tashkil qilindi.
Arziyevga ko‘ra, chet eldagi fuqarolar ovoz berishda faol ishtirok etishdi. Konsullik va elchixonalar esa, o‘z navbatida, barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0