Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni gʻalaba bilan tabrikladi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Fotobankka oʻtishPrezident Belorussii Aleksandr LukashenkoNG
Prezident Belorussii Aleksandr LukashenkoNG - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni saylovda erishgan ishonchli gʻalabasi bilan tabrikladi.
TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Aleksandr Lukashenko telefon suhbatida Shavkat Mirziyoyevni gʻalaba bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Belarus prezidentining matbuot xizmati.
"Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni saylovda erishgan ishonchli gʻalaba bilan tabrikladi va belgilangan rejalarda muvaffaqiyat tiladi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar mavzularini muhokama qilishdi hamda ularning yuqori darajasini va dinamikasini qayd etishdi. Shu bilan birga Belarus va Oʻzbekiston turli sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun yaxshi istiqbolga ega", - deyilgan rasmiy xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovida saylovchilarning 80,8%i ishtirok etdi. Saylovning dastlabki natijalari rasman 25 oktyabr soat 16:00 da eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Qabulovning aytishiga koʻra, saylov jarayoni davomida qoidabuzarlik toʻgʻrisida hech qanday ariza kelib tushmagan. Ayni damda byulletenlar hisoblanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala