Siyosat

Mirziyoyev generallar va ofitserlarga murojaat yoʻlladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Oʻzbekiston prezidenti ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan ofitserlar, generallar, serjant, safdor va faxriylarni tabrikladi
TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan IIV xodimlariga yoʻllagan tabrigida Ichki ishlar organlarini "xalqchil tuzilmaga aylantirishga yoʻnaltirilgan islohotlar davom ettirilishini" taʼkidladi.
Mirziyoyevning qayd etishicha, istiqlolning ilk davrida tashkil topgan ichki ishlar organlari oʻtgan sinovli yillar davomida mashaqqatli va sharafli yoʻlni bosib oʻtib, xalqning chinakam tayanchi va himoyachisi sifatida shakllandi.
Soʻnggi besh yilda ichki ishlar tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish, quyi boʻgʻin boʻlinmalari natijadorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati optimallashtirilib, uning tuzilmalari negizida Tezkor-qidiruv, Jamoat xavfsizligi, Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlash, Jazoni ijro etish, shuningdek, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentlari tashkil etildi.

Har bir mahalla, oila va shaxs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishda “fuqarobay”, “oilabay” va “mahallabay” ishlar olib borilmoqda.
Natsionalnaya  gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Jamiyat
Ichki ishlar organlari faoliyati tubdan oʻzgaradi
Hududiy boʻlinmalarning tezkorligini oshirish va ularning moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash uchun sohaga 2016-2021 yillarda qoʻshimcha 3,5 mingga yaqin yangi transport, 16 mingdan ortiq maxsus va texnik vositalar ajratildi.
Mutaxassislar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi yoʻlga qoʻyilib, xodimlarning malakasiga qarab xizmat boʻyicha oʻsishini taʼminlash, shuningdek, rahbarlarning professional salohiyatini oshirish borasida tizimli choralar koʻrilmoqda.
Oʻtgan besh yil mobaynida 500 dan ortiq ichki ishlar xodimlari va harbiy xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xizmat xususiyatidan kelib chiqib, alohida sharoitlarda oʻz vazifalarini bajaruvchi 25 mingdan ortiq xodimlarning oylik maoshlariga ustama haqlar belgilandi. 7 246 nafar xodimlar xizmat uylari bilan taʼminlandi, shuningdek, imtiyozli ipoteka krediti asosida qurilgan koʻpqavatli uylardan 2 ming 300 ga yaqin xonadonlar ajratildi.

"Ayni paytda, global dunyodagi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat soha faoliyatini zamon talablariga mos ravishda mutlaqo yangicha usullarda tashkil etishni taqozo etmoqda. Shaxsning huquq va erkinliklari kafolatini kuchaytirish, surishtiruv va tergov faoliyatini adolatli, xolis va haqqoniy olib borish boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish, kiberxavfsizlikni taʼminlash va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha izchil ish olib borishimiz lozim", - deydi Mirziyoyev.

Sohaga ilgʻor tajribalar va ish usullarini, innovatsion-raqamli texnologiyalarni keng joriy etish lozim. Xodimlarning intellektual va kasbiy salohiyati, maʼnaviy-maʼrifiy saviyasi, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularning mashaqqatli va fidokorona mehnatini munosib qadrlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilanishi talab etiladi.
Shavkat Mirziyoyev 12 fevralya prinyal uchastiye v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.02.2021
Jamiyat
Ichki ishlar organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Oʻzbekiston yetakchisining soʻzlariga koʻra, ichki ishlar organlarini aholiga va har bir oilaga yanada yaqinlashtirish, bu tizimni chin maʼnoda xalqchil tuzilmaga aylantirish borasidagi islohotlar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi.
"Men Yangi Oʻzbekistonning ichki ishlar organlari xodimlari – Vatanimizning asl oʻgʻlonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, maʼnaviy va maʼrifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarshi matonat bilan kurashishga tayyor xalqimizning chin maʼnodagi himoyachilari ekaningizga qatʼiy ishonaman. Sizlarni bugungi qutlugʻ bayram bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sogʻlik, oilalaringizga fayzu baraka, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman", - deya oʻz tabrigini yakunlagan Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala