Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Tolibon* elektr energiyasi boʻyicha barcha qarzlarni toʻlashga vaʼda berdi - Umurzakov

© Press-slujba MIVT UzbekistanaZamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
Zamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Oʻzbekiston bir soatga ham elektr taʼminotini uzgani yoʻq, chunki ushbu murakkab vaziyatda qardosh afgʻon xalqini qoʻllab-quvvatlashni istaydi - Umurzakov.
TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Tolibon* Oʻzbekistonga elektr energiyasi boʻyicha barcha qarzlarni toʻlashga vaʼda berdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari Sardor Umurzakov rossiyalik jurnalistlarga.
"Biz Afgʻoniston muvaqqat hukumatining energetika sohasi uchun javobgan boʻlgan vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdik. Ular orasida Afgʻoniston elektr tarmoqlari (EKA) kompaniyasi vakillari ham bor edi. Imkon paydo boʻlishi bilan ular barcha mavjud qarzni toʻlaydi. Hozircha u yerda bank tizimi va hukmatni tan olish bilan bogʻliq ayrim muammolar bor. Lekin shunga qaramasdan biz elektr taʼminotini uzganimiz yoʻq", - dedi Umurzakov.
Shunindek, "Toshkent" Afgʻonistonga "bir soatga ham elektr taʼminotini uzgani yoʻq. <...> Buning sababi - Oʻzbekiston ushbu murakkab vaziyatda qardosh afgʻon xalqini qoʻllab-quvvatlashni istaydi", - dedi Umurzakov.
Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyining boshida Afgʻonistonning Oʻzbekistondan elektr energiyasi uchun qarzi miqdori 10 million dollarga yaqinlashgan edi. Shundan Oʻzbekiston tashqi izlar vaziri Abdulaziz Kamilov ishtirokida Qobulda, bosh vazir oʻrinbosari Saardor Umurzakov ishtirkida Termizda oʻzbek-afgʻon muzokaralari boʻlib oʻtgan edi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Afgʻonistonga elektr energiyasidan tashqari neft mahsulotlari, oziq-ovqat, tibbiy mahsulotlar va boshqa hayot uchun zarur tovarlarni insonparvarlik yordami sifatida muntazam yetkazib bermoqda.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, sentyabr oxirida BMT minbaridan turib umumjahon hamjamiyatidan Afgʻonistonni yakkalanib qolishiga, u yerda gumanitar inqiroz sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikni soʻragan edi.
*Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala