Dunyoda

Toʻrt metrli tajovuzkor timsohni bir necha kishi egarladi — video

© Foto : Christina Barringer/7th Annual Ocean Art Underwater Photo ContestOstrorыlыy krokodil na snimke Croc in the Mist - pobedivshem v kategorii Portrait Category konkursa 7th Annual Ocean Art Underwater Photo Contest
Ostrorыlыy krokodil na snimke Croc in the Mist - pobedivshem v kategorii Portrait Category konkursa 7th Annual Ocean Art Underwater Photo Contest - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Avstraliyadagi reptiliyalar parkida toʻrt metrli Kanye laqabli alligator muddatidan oldin uyqudan uygʻonib qolib, atrofdagilarga nisbatan oʻta tajovuzkor harakatlar qila boshladi
Yirtqich tajovuzkorligi park xodimlariga ishlashga halal berdi. Shuningdek, timsohlar orasida juftliklar ham u tufayli bezovtalana boshladi. Yirtqichlar orasida boshlangan "nikoh mavsumini" faqat alligatorni yakkalab qoʻyish qutqarishi mumkin edi.
Erkak timsoh koʻzi tushgan obʼyektga hujum qilardi. Shu bois, park ishchilari Kanye jagʻini arqonlab tashlashga majbur boʻldilar. Ishchilar quruq joyda alligatorning ustiga minib olib, uning jagʻini qayishqoq lenta bilan mahkamladilar.
Krokodil utaщil korovu v vodu  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.01.2021
Video
Timsoh buqani suv ostiga tortib ketdi, begemotlar esa oʻljani olib qoʻyishdi - video
Toʻqqiz kishidan iborat jamoa ogʻirligi 350 kilogramm boʻlgan reptiliyani ehtiyotkorlik bilan maxsus tirgakli taxtaga olib oʻtdilar. Alligator kichikroq suv havzasiga olib borildi, bu yerda endi u hech kimga halal bermasligi aniq.
Park ishchilari Kanye bir-ikki oy shu yerda yashab koʻrsa, biroz oʻziga keladi, degan fikrda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala