Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻoniston hukumati hozircha Termizdan BMT koʻmagini olib kirishga ruxsat bermagan

© AFP / FARSHAD USYANUzbeksko-afganskaya granitsa
Uzbeksko-afganskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Olib kelingan yordamning umumiy ogʻirligi 100 tonnani tashkil etadi. Yuklar manzilga yuborilgunga qadar “Termiz kargo markazi”da saqlanadi.
TOSHKENT, 27 okt – Sputnik. Afgʻoniston hukumati Termizga olib kelingan BMTning Qochoqlar ishlari boʻyicha boshqarmasining insonparvarlik yordamini olib kirishga hozircha ruxsat bermagan. Bu haqda RIA Novostiga boshqarma vakili maʼlum qildi.
“Yuk hozircha Termizda boʻlib turibdi. Uni yetkazib berish sanasi afgʻon tomonidan olib kirishga ruxsat berishiga bogʻliq boʻladi va bu masalani Kobuldagi Qochoqlar ishlari boʻyicha boshqarma hal etadi”, - degan boshqarma vakili.
15−17 oktyabr kunlari Afgʻoniston uchun BMTning Qochoqlar ishlari boʻyicha boshqarmasining gumanitar yordami ortilgan uchta samolyot Termiz xalqaro aeroportiga qoʻngan edi. Olib kelingan favqulodda yordamning umumiy ogʻirligi 100 tonnani tashkil etadi. Yuklar manzilga yuborilgunga qadar “Termiz kargo markazi”da saqlanadi.
V Uzbekistane jdut pervыy bort OON s pomoщyu dlya Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
BMT Oʻzbekiston orqali Afgʻonistonga gumanitar yordam joʻnatadi
Gumanitar yordam yuk mashinalariga ortilishi va u yerdan esa Afgʻonistonning Mozori-Sharif shahriga “Termiz — Hayraton” chegara punkti orqali yetkazilib berilishi kerak.

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Jangarilar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* — Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala