Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Kim nima taklif qildi: Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar Tehron sammiti

© IRNAVtoraya vstrecha ministrov inostrannыx del sosednix stran po Afganistanu
Vtoraya vstrecha ministrov inostrannыx del sosednix stran po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Eron, Pokiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya va Xitoy TIV rahbarlari ishtirokida Afgʻoniston mavzusida sammit.
TOSHKENT, 27 okt – Sputnik. Bugun Tehronda Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar hamda Rossiya va Xitoy (onlayn) tashqi ishlar vazirlari ishtirokida xalqaro sammit boʻlib oʻtdi, Sputnik Afgʻoniston xabariga asosan. Anjumanda soʻzga chiqqan tashqi ishlar vazirlari quyidagilarni taklif qilishdi.
Rossiya, Sergey Lavrov:
Afgʻonistondagi terrorchilar tashqaridan turib boshqarilmoqda. Qoʻshni davlatlar oʻz hududlariga AQSH va NATO kuchlarini oʻz hududlariga kiritmasligi kerak;
Terrorchilar Afgʻonistondan qoʻshni davlatlarga qochqinlar koʻrinishida kirshga urinishmoqda. Tashqi muammolar hal boʻlmagunicha Tolibon* samarali tashqi siyosat olib bora olmaydi.
Afgʻoniston boʻyicha muzokaralarning “Moskva formati” – samarali va muqobili yoʻq hisoblanadi.
Rossiya Tolibon*ninklyuziv hukumat tashkil qilish hamda umumdavlat saylovlari oʻtkazish maqsadlarini hurmat qiladi;
Lekin Rossiya Tolibon*ga oʻz qarashlarini oʻtkazishga urinmaydi, lekin barcha etnik siyosiy kuchlar manfaatlarini hisobga olish – juda muhim.
Tretye zasedaniye moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
"Tolibon"* katta siyosiy savdo olib bormoqda – Rossiya TIV
Eron, Xoseyn Amir Abdollaxiyan:
Tolibon* birinchi navbatda Afgʻoniston aholisining va chegaralarining xavfsizligi uchun javobgar;
Afgʻonistonda, barcha millat va elatlarning barqaror ishtirokida, inklyuziv hukumat tashkil qilish kerak;
Dunyo mamlakatlari bugun Afgʻonistonga siyosiy, gumanitar, terrorchilikk qarshi kurashda, narkotiklar savdosiga qarshi kurashda, inson va ayollar huquqlarini saqlashda yordam koʻrsatishi kerak;
Afgʻonistondagi siyosiy kuchlar orasida muzokaralarda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish vositachilik qilishi mumkin;
Eron hududdagi davlatlar bilan razvedka maʼlumotlarini almashishni taklif qiladi;
Eron Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Afgʻonistonga yordam dasturini faollashtirishni taklif qiladi.
Zamir Kabulov trijdы na raznыx yazыkax otvetil na odin i tot je vopros po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Video
"Tolibon* hukumati qachon tan olinadi?" - Zamir Kabulov uch tilda javob berdi
Oʻzbekiston, Abdulaziz Kamilov:
Afgʻonistonda yangi reallik: Tolibon butun Afgʻoniston hududida qamrab olgan muvaqqat hukumat tashkil qildi va xalqro hamkorlik qilishga harakat qilmoqda;
Afgʻoniston xalqaro izolyatsiyaga tushib qolmasligi uchun, hozir Afgʻoniston boʻyicha postkonflikt strategiya ishlab chiqish kerak;
Afgʻoniston hududiy xavfsizlikning muhim faktori boʻlib qolmoqda;
Tolibon*dan inklyuziv hukumat, inson va ayollar huquqlarini saqlash kutilmoqda;
Afgʻonistonning muzlatilgan mablagʻlari erkinlashtirish, uni iqtisodiy hamkorlikka va infratuzilmaviy loyihalarga chorlash, unga gumanitar yordam yetkazib berish va uni yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash kerak;
Zamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Tolibon* elektr energiyasi boʻyicha barcha qarzlarni toʻlashga vaʼda berdi - Umurzakov
Tojikiston, Sirojiddin Muhriddin:
Tolibon* hukumat boshiga kuch ishlatish yoʻli bilan kelgan. Tojikiston pushtunlardan boshqa afgʻonlarning manfaatlarini hisobga olmaydigan Tolibon* hukumatini tan olmaydi;
Tojiklar afgʻon hukumatida oʻz oʻrniga ega boʻlishlari kerak, chunki ular Afgʻoniston aholisining 46%ini tashkil qiladi;
Tojik-afgʻon chegarasi yaqinida terrorchilar faolashmoqda;
Xalqaro hamjamiyat tomonidan Afgʻonistonda boʻlayotgan voqealarni inkor payqamaslik, yangi fuqaro urushiga olib kelishi mumkin;
Boytsы talibov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh viloyatga minglab jangchilarini yubordi
Turkmaniston, Rashid Meredov:
Afgʻonistonning infratuzilmaviy loyihalariga kiritish – nafaqat Afgʻonistonning balkim butun hududning kelajagi uchun sarmoyaga aylanadi;
Turkmaniston Tolibon* bilan TAPI gaz quvuri, CASA-1000 elektr liniyasi hamda temiryoʻl loyihalari boʻyicha hamkorlik masalalarini oʻrganmoqda;
Afgʻoniston qoʻshnilari qish vaqtida unga oziq-ovqat, dori-darmon va yonilgʻi masalasida yordam berishi kerak;
Afgʻonistonni postkonflikt davrda qayta tiklash masalasida BMT qaramogʻida xalqaro anjuman oʻtkazish kerak;
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Siyosat
Turkmaniston prezidenti kelasi haftada Oʻzbekistonga keladi
Xitoy, Van I:
Afgʻonistonning xorija muzlatib qoʻyilgan aktivlari imkon qadar tezroq erkinlashtirilishi kerak va aholi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanilishi kerak;
BMT va SHHt platformalari asosida Afgʻonistonda terrorchilikka qarshi kurash fondi tashkil qilinishi kerak;
Poyezd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2017
Iqtisod
Xitoy Afgʻoniston va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida temir yoʻl barpo etadi
Pokiston, Shax Mexmud Kureyshi:
Afgʻoniston boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi” tuzish kerak: Afgʻonistonning siyosiy-iqtisodiy integratsiyasi, Afgʻonistonni tiklashga yordam berishi mumkin boʻlgan davlat va tuzilmalar bilan hamkorlik imkonini oʻrganish;
Lekin Afgʻonistonni tiklashda eng muhim faktor bu – xavfsizlik masalasi.
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Dunyoda
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
Maʼlumot uchun, Tolibon* harakati vakillari ushbu uchrashuvga taklif qilinmagan va ishtirok etmaydi.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala