Analitika

Janjal sababchisi: skiflar xazinalarini Qrimga emas, Ukrainaga berishyapti

© AP Photo / Peter DejongEksponat vыstavki "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya" v Amsterdame
Eksponat vыstavki Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya v Amsterdame
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Yevropa ilgari koʻrmagan tilla zeb-ziynatlar, nodir artefaktlar, Prichernomoryedagi kamyob topilmalar 2013 yilda Qrim muzeylaridan Germaniya va Niderlandiyaga joʻnatilgandi va haligacha vataniga qaytib kelishmadi. Sud ishlari bir yildan ortiq choʻzildi.
TOSHKENT, 27 okt – Sputnik. Anna Nexayeva. Bugun yakuniy qaror chiqarildi. Amsterdam apellyatsiya sudi skiflar oltinlarini Ukraina mulki deb topdi. Xabar qilinishicha, bu qaror ustidan Niderlandiyaning Oliy sudiga shikoyat keltirish mumkin.

Rembrandt va “Suv parisi” darajasi

Niderlandiyada 2013 yilda Bonn koʻrgazmasiga keltirilgan, keyin Amsterdamga yuborilgan ikki mingga yaqin Qrim muzeylarining nodir buyumlari qolmoqda.
© AFP / BART MAATPosetitelnitsa na vыstavke "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya" v muzeye Allard Pierson Museum, Amsterdam
Posetitelnitsa na vыstavke Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya v muzeye Allard Pierson Museum, Amsterdam
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Posetitelnitsa na vыstavke "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya" v muzeye Allard Pierson Museum, Amsterdam
“Qrim: Qora dengiz oltinlari va sirlari” ekspozitsiyasiga Yevropada hech qachon koʻrsatilmagan buyumlar kiritilgandi. Ular orasida Baxchisaray yaqinidagi Ust-Alminskiy qabristonidagi xitoycha lakli qutichalar, Simferopoldagi Skif Neapali mavzoleyidagi skiflar shohi Skilur koʻmilgan yerdagi naqshdor mehrob, Kerch shahri ramzi sanalgan skiflarning ilonoyoqli maʼbudasi haykalchasi bor.
© AP Photo / Peter DejongShkatulka na vыstavke "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya"
Shkatulka na vыstavke Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Shkatulka na vыstavke "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya"
Qrim Rossiyaga qoʻshilgandan, Niderlandiyasning Allard Pirson muzeyidagi koʻrgazma yakunlangandan keyin eksponatlarni qayerga qaytarish savoli tugʻildi. Rossiya ham, Ukraina ham kollektsiyalarni oʻzlarining mulki deb hisoblashdi.
“Bunday yoʻqotish Kopengagen tomonidan Edvard Eriksenning “Suv parisi” haykalini yoki Amsterdam tomonidan Rembrandt qalamiga mansub “Tungi soqchi” asarini yoʻqotish bilan barobar, - deyiladi Qrim muzeylarining bayonotida. – Bu buyumlar bilan birgalikda biz nafaqat dunyo ahamiyatiga ega obʼyektlar, balki xalqimizning madaniy asosi boʻlgan arxeologik meroslarimizni yoʻqotishimiz mumkin".
© Foto : Allard Pierson MuseumEksponat vыstavki "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya"
Eksponat vыstavki Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Eksponat vыstavki "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya"
Allard Pirson muzeyi eksponatlarni sud qarori yoki mamlakatlar oʻrtasidagi bitimga qadar hech qaysi tomonga bermaslikka qaror qildi. Kiyev ularni oʻziga qaytarishni talab qildi, chunki bu Ukraina davlat mulki. Qrim buni reydercha egallab olishga urinish deb atadi.
Amsterdam okrug sudi 2016 yil dekabrida “Qrim eksponatlari Gollandiyaning madaniy meros qonuniga muvofiq Ukraina davlatiga berilishi shartligi” xususida qaror chiqardi.
© AP Photo / Peter DejongEksponat vыstavki v Amsterdame. 2014 god
Eksponat vыstavki v Amsterdame. 2014 god
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Eksponat vыstavki v Amsterdame. 2014 god
Qrim muzeylari advokatlarini oʻzgartirib, shikoyat keltirishdi. Ishni koʻrib chiqish 2019 yil martida boshlandi.
Bu davrda skiflar oltini Allard Pirson muzeyi yertoʻlasidagi binolarda saqlandi.

Siyosat yoki etika?

“Madaniy meroslarning XX asr oʻrtasidagi bir joydan boshqa joyga koʻchishining ayanchli tarixi XXI asrda takrorlanmasligi kerak. Hatto xalqni uning madaniy merosidan mahrum etishning nazariy mumkinligi yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat”, - ishonchi komil Qrim muzeylarining.
© AP Photo / Peter DejongEksponat vыstavki "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya" v Amsterdame
Eksponat vыstavki Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya v Amsterdame
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Eksponat vыstavki "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya" v Amsterdame
Sharqiy Qrim tarix-madaniy muzey qoʻriqxonasi, Simferopoldagi “Tavrida Muzeyi”, Baxchisaray tarix-madaniy va arxeologik muzey qoʻriqxonasi va “Xersones Tavricheskiy” arxeologik muzey qoʻriqxonasi pozitsiyasi oʻzgarmas. Oltinlar qaytarilishi shart.
Rossiyalik siyosatchilar va advokatlar ularning fikriga qoʻshilishadi. Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik boʻyicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy Rossiya tomoni manfaatlarini himoya qilayotgan huquqshunoslar “muzeylararo bitimlar davlat oʻzgarishiga qaraganda kam boʻlmagan, balki, koʻproq qiymatga ega ekanligini bilib ish tutishmoqda”.
© Foto : Allard Pierson MuseumEksponat vыstavki "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya"
Eksponat vыstavki Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Eksponat vыstavki "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya"
“Skiflar oltinlari, shubhasiz, faqat Qrim hududi bilan bogʻliq. <…> Ular respublika maqomi oʻzgargani, Rossiya tarkibiga kirganiga qaramasdan Qrim muzeylarida boʻlishlari kerak, - ishonchi komil Rusiyzabon advokatlar xalqaro uyushmasi vitse-prezidenti Mixail Yoffe. – Ukraina tomoni vakili yarim orolning siyosiy va geografik maqomini oʻzgartirishga urinmoqda. Bu esa huquqiy tabiatga taalluqli emas. Sudda nima gʻalaba qozonadi: sogʻlom aql, qonun? Yoki haqsizlik va siyosat?”
Raqiblar qatʼiy tayyorlanishgan. Ukraina tomoni manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Marten Sanders Kiyev Qrim muzeylari bilan bahsda har qanday yon berish imkoniyatidan bor tortishini maʼlum qilgan. Oltinlar Kiyevga berilgan taqdirda, Ukraina eksponatlarning bir qismini Qrim muzeylariga sotish yoki sovgʻa qilishni rejalashtirmayaptimi, degan savolga advokat bu boradagi rejalar haqida eshitmaganini taʼkidladi. “Bu madaniy meros, va men bu sotiladi deb oʻylamayman”, - dedi u.

Ekspertlar fikri

Ekspertlar fikriga koʻra, Qrim muzeylari pozitsiyasini eksponatlarni Qrimda mahalliy arxeologlar topishgani va topilmalar yarim orolning arxeologik madaniyatini anglatishini qoʻllab-quvvatlashadi.
Masalani hal etishni qogʻozbozlik qiyinlashtiradi. Qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishga ruxsatnomani Ukraina taqdim etgan, Niderlandiya esa ularni Ukrainaga qaytarishga kafolat bergan. Bular shartnomalarda yozib qoʻyilgan.
Ishni yengillashtirmaydi, va aftidan, jarayonni qasddan choʻzadi. 2019 yil iyulida oraliq qaror qabul qilingandi. Unda Ukraina tayanayotgan 1970 yildagi YUNESKO konventsiyasini bu holatda qoʻllab boʻlmaslik aytilgan.
© AP Photo / Peter DejongVыstavka "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya" v Amsterdame privlekla vnimaniye iskusstvovedov so vsego mira
Vыstavka Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya v Amsterdame privlekla vnimaniye iskusstvovedov so vsego mira
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Vыstavka "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya" v Amsterdame privlekla vnimaniye iskusstvovedov so vsego mira
Sud tomonlardan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻradi. Qrim muzeylari yana arxiv hujjatlar, jumladan, XIX asrdagi, barcha buyumlarning kelib chiqishini taqdim etdi.
2020 yil martida sud majlisi pandemiya sabab iyulga qoldirildi. Soʻngra sentyabrga, zero sudyalardan birini Ukraina tomoni rad etdi.
Yakuniy qarorni 2021 yil sentyabrda chiqarishga vaʼda berishdi, biroq “kutilmagan vaziyatlar sabab” 26 oktyabrgacha qoldirishdi.

Nima haqida bahslashishyapti?

“Xalqaro huquq nuqtai nazaridan buyum hamisha nimagadir u qayerda boʻlsa, u bilan bogʻliq. Skiflar oltinlari – Kiyev, Lvovniki emas. Aynan skiflarniki va uni Qrim hududida topilgan. Nega uni kimgadir berib yuborish kerak? Niderlandiya va Ukraina oʻrtasida hech qanday bitim yoʻq, bu muzeylararo shaxsiy bahs. Albatta, oltinlarni Qrimlarga qaytarish oqilona boʻlgan boʻlardi”, - deya fikr birdiradi xalqaro huquqshunos Anatoliy Kapustin.
© Foto : Allard Pierson MuseumEksponat vыstavki "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya"
Eksponat vыstavki Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Eksponat vыstavki "Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya"
Ikki mingga yaqin eksponatlarning nodirligiga endi tarixiy boʻlgan Bonn va Amsterdamdagi koʻrgazmalar tashrif buyuruvchilari ishonch hosil qilishdi. Qrim va Prichernomorye tarixiga bagʻishlangan bu qadar keng koʻlamli arxeologik loyiha Yevropada hali boʻlmagandi. Prichernomorye sahrolaridan hozirgi Xitoy hududiga koʻchib yurgan koʻchmanchi xalqlar, skiflar haqidagi afsona va dostonlar sirlilik bagʻishlardi.
Bu ming yillik tarix. Qadimiy artefaktlarni qaytadan baholab boʻlmaydi. Ayrim ekspertlar sugʻurta summasi haqida gapirayotib, ikki million yevroni tilga olishgandi.
Eksponatlar orasida – bezaklar, amaliy sanʼat buyumlari, idish-tovoqlar, qurol parchalari, qadimgi yunon xudolari haykalchalari, sopol va shisha buyumlar, naqshdor vazalar va terrekota haykalchalar bor. Qrim qadimdan Gʻarb va Sharq, imperiyalar va yunon antik dunyo madaniyati aralashib ketgan koʻp madaniyatli markaz boʻlgan.
Krыmskiy poluostrov na karte - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Analitika
Dmitriy Vidrin: Kiyevning “Qrim platformasi” sammiti – quruq gap
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala