Kovid, elektron tijorat, Afg‘oniston: Mirziyoyev va Szinpin nimalarni muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax proxodashego v Sindao Sammita ShOS vstretilsya s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom
Prezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax proxodashego v Sindao Sammita ShOS vstretilsya s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari telefon orqali qator dolzarb masalalarni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat avvalida Si Szinpin Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishilgani bilan samimiy qutlagan.
Siyosiy sohada Shavkat Mirziyoyev “yagona Xitoy siyosati”ni hamda “uch yovuz kuch” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi qat’iy kurashni doimiy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko‘rsatilayotgan katta amaliy yordam, shu jumladan vaksinalar o‘z vaqtida yetkazib berilayotgani va ularni birgalikda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani uchun minnatdorlik bildirildi.
Savdo-iqtisodiy sohada yetakchilar tovar ayirboshlash sezilarli o‘sayotganini qayd etdilar. Xitoy bozoriga zarur mahsulotlar, eng avvalo qishloq xo‘jaligi tovarlarini ilgari surish maqsadida joriy yil noyabr oyida Shanxay shahrida o‘tadigan to‘rtinchi Import tovarlar xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston faol ishtirok etishiga kelishib olindi.
“Besh yillik Savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlash, unga strategik ahamiyatga ega, shu jumladan innovatsiyalar, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va elektron tijorat sohalari bo‘yicha loyihalarni kiritish masalasiga alohida e’tibor qaratildi”, - deyilgan xabarda.
Kambag‘allikni kamaytirish masalalarida tajriba va bilim almashish muhim yo‘nalish sifatida belgilab olindi.
O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari Xitoyni mintaqa bilan bog‘laydigan va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Yevroosiyo transqit’aviy tranzit yo‘lagini shakllantiradigan samarali transport yo‘nalishlarini rivojlantirish zarurligini ta’kidladilar.
Semya afganskix bejensev s veshami vozle jeleznodorojnoy stansii v Chamane, Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
O‘zbekiston va Xitoy afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni muhokama qildi
Fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash va aholini emlash, sport, turizm, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjud ekani qayd etildi.
Tomonlar joriy yil yakunigacha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish, shuningdek, diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlash bo‘yicha qo‘shma dasturni tayyorlashga kelishib olishdi.
Davlat rahbarlari Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatish va iqtisodiy taraqqiyotga erishish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar. Afg‘on xalqiga ko‘maklashish maqsadida ShHT va boshqa formatlar doirasidagi muloqotni davom ettirish haqida kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0