Madaniyat

Oʻzbekistonning qaysi hududida arxitektura yodgorliklari eng koʻp - reyting

© Sputnik / Georgiy Zelma / Fotobankka oʻtishGorod Samarkand. Vid na ploщad Registan
Gorod Samarkand. Vid na ploщad Registan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Oʻzbekistonda joriy yil 1 yanvar holatiga respublikada arxitektura yodgorliklari soni 2264 tani tashkil etgan.
TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda Samarqand viloyati arxitektura yodgorliklari soni boʻyicha yetakchi oʻrinda ekanligi maʼlum qilindi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikada arxitektura yodgorliklari soni 2264 tani tashkil etgan.
Arxitektura yodgorliklari eng koʻp viloyatlar uchligiga Samarqand (562 ta), Buxoro (507 ta) viloyatlari va Toshkent shahri (288 ta )kirgan.
Remeslennaya yarmarka v Ismailitskom tsentre v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Madaniyat
"Madaniy shok": BP madaniyat vazirligi mansabdorlarini yirik talonchilikda gumonlanmoqda
Keyingi oʻrinlarda Qashqadaryo viloyati (208 ta), Fargʻona viloyati (139 ta), Xorazm viloyati (136), Jizzax viloyati (100) kelmoqda.
Arxitektura yodgorliklari soni yuztaga yetmagan viloyatlar roʻyxatidan esa Namangan (98), Andijon (74), Navoiy (70), Surxondaryo (36), Sirdaryo (15) va Toshkent viloyati (7ta) oʻrin olgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yodgorliklar soni 24 tani tashkil etishi maʼlum qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala