Sport

“Paxtakor” bosh murabbiyi hakam va futbol maydonlarini tanqid qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishVo vremya matcha 25-go tura Chempionata Rossii po futbolu sredi klubov Premyer-ligi mejdu FK "Zenit" (Sankt-Peterburg) i FK "Tom" (Tomsk).
Vo vremya matcha 25-go tura Chempionata Rossii po futbolu sredi klubov Premyer-ligi mejdu FK Zenit (Sankt-Peterburg) i FK Tom (Tomsk). - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Piter Xyuistra aytishiga koʻra, sifatli futbol maydoni boʻlmasa, chiroyli oʻyin boʻlmaydi va muxlislar xafa boʻlishadi.
TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. “Paxtakor”ning yangi bosh murabbiyi gollandiyalik Piter Xyuistra Oʻzbekistondagi futbol maydonlarini tanqid qildi, deb xabar qilmoqda FK rasmiy sahifasi.
Xususan, Jizzaxda “Soʻgʻdiyona” bilan boʻlib oʻtgan oʻyindan soʻng, "Paxtakor" bosh murabbiyi unga ikki narsa maʼqul kelmaganini aytdi.
Birinchisi, adashmasam ikki tur oldin shu hakam Qoʻqondagi oʻyinni boshqarib borgandi. Uch turda ikkinchi marta bir hakamning "Paxtakor"ning safardagi oʻyiniga tayinlanganini tushunmadim, - dedi Xyuistra.
© FK "Paxtakor"Piter Xyuistra
Piter Xyuistra - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Piter Xyuistra
Hakamlik umumiy darajada yomon emas. Hozir VAR bor, negadir hamma oʻyinda ham bu ishtilmaydi. Bugungi oʻyinda ham VAR boʻlganida Matichning goli hisobga olingan boʻlardi. VAR har bir oʻyinda ishlatilishi kerak edi. Hakam muxlislarning reaktsiyasiga bogʻlanib qoldi, mezbon futbolchilari yiqilsa muxlislar taʼsiri ostida hakam jarima zarbalarini berib tashladi.
Ikkinchisi juda ham yomon maydon. Bu shunchaki yomon emas, juda va juda yomon holatdagi maydon! Oʻxshatishimiz qoʻpol chiqar, ammo Niderlandiyada bunday maydonga itlarni ham sayrga olib chiqishmaydi! Muxlislar birinchi va ikkinchi oʻrindagi jamoalar ishtirokidagi oʻyinda chiroyli futbol koʻrmadik deb eʼtiroz bildirishi mumkin, lekin avval maydonga boqish kerak. Sifatli futbol nega boʻlmaganini maydon aytib turibdi. Maydon boʻlmasa hech qachon sifatli futbol va futbolning oʻsishi boʻlmaydi! Umid qilamanki, bu borada ishlar amalga oshirib boriladi.
Maydonlar Superliga yuzi hisoblanadi. Buni hal qilish kerak edi. Oʻtgan mavsum maydonlar holati yaxshi edi, ammo bir yil ichida nima boʻldi-ki biz oxirgi paytlarda safarda faqat yomon maydonda oʻynayapmiz. Agar men ishlayotgan klubda shunday maydon boʻlganida oʻzimni noqulay his qilgan boʻlardim. Yaxshi maydonlar iqtidorli futbolchilaning oʻsib borishiga yordam beradi. Bunday maydonlarda yosh futbolchilar oʻsmaydi.
"Turon" misolida bir gapni aytmoqchiman, ular barcha sharoitlarni yaratishgan, maydoni ham ajoyib. Bu jamoa nega koʻp ochko jamgʻarmayapti, bilasizmi? Sababi ular safarga borishadi va yomon maydonda oʻynashadi, - dedi Xyuistra.
Eslatib oʻtamiz, Piter Xyuistra "Paxtakor"ga 2021 yil yanvaridan boshlab yetakchilik qilib kelmoqda. 2017yildan buyon u jamoa bosh murabbiyi Shotы Arveladzening yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Hodisalar
Moʻynoqda futbol oʻyini vaqtida katta janjal yuzaga keldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala