Jamiyat

Pedagogika universiteti rahbariyatiga nisbatan qatʼiy choralar koʻriladi – vazirlik

CC BY 2.0 / Adam Jones / Facade of Tashkent State Pedagogical University - Tashkent - UzbekistanTashkentskiy gosudarstvennыy pedagogicheskiy universitet
Tashkentskiy gosudarstvennыy pedagogicheskiy universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi talaba qizlarning shaʼni va nomusiga qarshi har qanday xatti-harakatlarni keskin qoralashini bildirgan.
TOSHKENT, 27 okt – Sputnik. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyati va masʼullariga qatʼiy choralar koʻrishini maʼlum qildi.
Avvalroq bu oliygohning dekan oʻrinbosari talaba qizga tegajogʻlik qilib, uni oynadan itarib yuborishda gumonlanayotgani va hibsga olingani xabar qilingan edi.
Qayd etilishicha, vazirlik mazkur voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻrganish va surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
“Oʻrganish natijalari boʻyicha jinoyatda gumonlanuvchi universitet masʼul xodimiga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻriladi. Shuningdek, ushbu holatga yoʻl qoʻygan universitet rahbariyati va masʼullariga nisbatan ham qatʼiy tashkiliy va intizomiy choralar koʻriladi”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik talaba qizlarning shaʼni va nomusiga qarshi har qanday xatti-harakatlarni keskin qoralashi va bu kabi holatlarga qarshi qatʼiy kurashishini bildirgan.
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Jamiyat
Pedagogika universitetida jarohat olgan qizning ahvoli qoniqarli - SSV
Tez orada bunday holatlarning oldini olish maqsadida tezkor murojaat qilish imkonini beradigan maxsus portal yaratiladi hamda ishga tushiriladi.
Xabarda oʻrganishlar natijasi boʻyicha obʼyektiv tafsilotlar qoʻshimcha tarzda maʼlum qilinishi qoʻshimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala