Jamiyat

Pedagogika universitetida jarohat olgan qizning ahvoli qoniqarli - SSV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Pedagogika universitetida oynadan qulash natijasida ogʻir jarohatlar olgan qizga shoshilinch tibbiy boʻlimi shiforlari muolajalar qilmoqda.
TOSHKENT, 27 okt – Sputnik. Pedagogika universitetida jarohat olgan qizning salomatligi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan jiddiy nazoratga olingan, deb xabar qilmoqda SSV.
Jabrlanuvchiga katatravma, qoʻshma jarohat, oʻng oʻtirgich va qov suyaklarining sinib siljishi, quymuch suyagining oʻng tomonda sinib qoniqarli turishi, beshinchi bel umurtqasi yon oʻsigʻining sinib qoniqarli turishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona sohasi ezilib yirtilgan jarohati, travmatik shok ikkinchi darajasi tashxislari qoʻyilgan.
Bemor olib kelinganida peshona sohasiga birlamchi jarrohlik ishlovi berilib, tikilgan. Shokka qarshi amaliyotlar oʻtkazilib, markazning travmatologiya boʻlimiga yotqizilgan. Shundan soʻng mazkur boʻlimda belgilangan standartlar asosida unda qator terapiya amaliyotlari bajarilgan.
Shuningdek, har kuni jarohatiga xirurgik ishlov berilgan. Uch kun davomida dinamikada UZI qilingan. Qon tahlillari tekshirilgan. Qoʻshimcha mutaxassislar jalb qilingan.
Hozir bemorning dinamikada ahvoli qoniqarli. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Toshkentdagi Tibbiyot universiteti talabasi dekan xonasiga kirgan vaqtda unga tajovuz qilingani, keyin esa ikkinchi qavat oynasidan itarib tushirib yuborilgani xabar qilingan edi.
Ayni damda Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi fuqaro hibsga olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala