Sport

Pekin qishki Olimpiadasida Oʻzbekiston ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda

© NOKUzbekskiye sportsmenы gotovyatsya k Zimney Olimpiade v Avstrii
Uzbekskiye sportsmenы gotovyatsya k Zimney Olimpiade v Avstrii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Kelgusi yilning fevral oyida boʻlib oʻtadigan Pekin qishki Olimpiadasida toʻrt minglan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi Pekinda boʻlib oʻtadigan XXIV qishki Olimpiadasida ishtirok etishni rejalashtirgan, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Milliy olimpiya qoʻmitasiga asosan.

Milliy jamoa ham short-trek, figurali uchish va togʻ changʻisi boʻyicha ishtirok etishni rejalashtirgan. Litsenziyalar olish jarayoni hozir ham davom etmoqda, - deyishdi Olimpiya qoʻmitasida.

Undan tashqari 2022 yilgi qishki Olimpiadada Oʻzbekiston xokkey terma jamoasi ham ishtirok etishi mumkin, lekin hozircha jamoa tarkibi toʻliq shakllanmagan.
Ayni damda Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzolari Komiljon Toʻxtayev, Raʼno Imonqulova, Valeriya Kovalyova, Arman Gayupovlar Avstriyaning Xintertuks togʻ changʻisi markazida Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Sportchilar "slalom" va "slalom gigant" musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishmoqda.
"Tayorgarlik soʻngida eng kuchli ikki nafar sportchi Olimpiadaga yoʻl oladi", - deb qoʻshimcha qildi MOQ vakili.
Eslatib oʻtamiz, Pekin qishki Olimpiada oʻyinlari 2022 yilning 4-20 fevral sanalarida boʻlib oʻtadi. Musobaqalarda 4 mingga yaqin sportchilar ishtirok etishi va 15ta qishki sport turi boʻyicha 109 ta medallar komplekti taqdim etilishi kutilmoqda.
Musobaqalar boʻlib oʻtishi kutilayotgan sport turlari - biatlon, bobsley, skeleton, kyorling, konki uchish, short-trek, chana sport, figurali uchish, xokkey, togʻ changʻisi, changʻi ikkikurashi, changʻida tramplindan sakrash, fristayl, changʻi poygasi va snoubord.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala