Kolumnistlar

Putin va Jonson Afgʻonistonni muhokama qildi: NATOning vijdoni uygʻondimi?

© Sputnik / StringerSilы soprotivleniya protiv talibov* v Andarabe, Afganistan
Silы soprotivleniya protiv talibov* v Andarabe, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Afgʻoniston, bu “amerikacha orzuning” chilparchin boʻlishining yorqin misoli, Gʻarbni oʻzining kutilmagan xavfsizlik tahdidlari bilan gʻulgʻulaga solmoqda.
London esa, aslini olganda, Moskvaga jangovar hatti-harakatlar va sayyora ustidan nazoratni yoʻqotayotgan Vashingtonning xavotirini yetkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 25 oktyabr kuni Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilishdi. Putin yaqinda toliblar bilan oʻtgan “Moskva formati” yigʻilishi (Rossiya, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakillari ishtirokidagi) haqida soʻzlab berdi, Jonson esa “Tolibon”nining* ehtimoliy tan olishidan tashvish bildirdi.
Bu suhbatda 20 yillik harbiy operatsiyalaridan soʻng ayanchli magʻlubiyatiga ishonmayotgan, toliblarning surbetlarcha tepkisidan azob chekayotgan va qayta tiklangan “xalifalik”ning butun dunyoda tan olinishidan jiddiy xavfsirayotgan Qoʻshma Shtatlarning qiziqishi yaqqol boʻlgan.
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Dunyoda
RF Afgʻoniston qoʻshnilarini AQSH va NATO kuchlarini oʻz hududiga kiritmaslikka chaqirmoqda
Afgʻoniston suverenitetini shubhasiz hurmat qilgan holda yangi hukumatning xalqaro tan olinishiga hali ancha bor. Avvalroq Vladimir Putin “Tolibon”ni* terrorchilik tashkilotilari roʻyxatidan chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi qaror BMT darajasida qabul qilinishi kerakligini maʼlum qilgandi. Buning uchun esa toliblar “barcha etnik va diniy guruhlar, barcha siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyishlari” shart.
Afsuski, Afgʻoniston saksonta xalq va elatlarning tinchlik va totuvligidan yirorq, terrorizmdan ozod emas. Muvaqqat hukumat iqtisodiy chaqiriqlarga va “Islom davlati”ning* xavfsizlik tahdidlariga bas kela olmayapti.
Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo 24 oktyabr kuni soʻnggi oylardagi voqealar Afgʻonistondagi harbiy-siyosiy vaziyatga tanazzulga olib keldi. Mirzo bu mamlakatdagi vaziyatni halokatli deb atadi. Afsuski, bunda hech nima boʻrttirilmagan. Afgʻoniston amalda toliblar va boshqa terrorchilik guruhlari nazorati hamda kichik Masʼud rahbarligi ostidagi Qarshilik koʻrsatish fronti hududlariga boʻlingan.
Jangarilarning Markaziy Osiyo mamlakatlariga bostirib kirishi tahdidi saqlanib qolinmoqda. KXSHT afgʻon chegarasiga yaqin Tojikiston va Oʻzbekiston hududida olti davlat harbiylari ishtirokida maxsus mashgʻulotlari oʻtkazgani bejiz emas.
V Tadjikistane zavershilis masshtabnыe ucheniya ODKB - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Video
Tojikistonda keng koʻlamli KXSHT mashgʻulotlari yakunlandi — video

Xavfsizlik kamari

“Moskva formatidagi” uchrashuvda toliblar Afgʻonistonning butun hududini nazorat qilishayotganini aytishdi. Xorijlik hamkorlar va kontragentlarni yangi hukumatning qodirligi va samarali ekaniga ishontirishga urinish uncha ishonarli emas. Toliblar mamlakat tinch aholisi xavfsizligini taʼminlay olishmaydi va hatto oʻzlarini himoya qila olishmayapti. Turli viloyatlarda teraktlar uyushtirilyapti va “Islom davlati”* otryadlari (davlat chegaralarini tan olmayotganlar) bilan otishmalar roʻy bermoqda.
Qurollangan toliblar 26 oktyabr kuni Kobuldagi aviakassa oldida toʻplangan olomonni oʻq uzib, tarqatib yubordi. Yaralanganlar bor. Ayollar ham jabr koʻrdi, biroq bu haqda sal pastroqda hikoya qilamiz.
Oʻtgan hafta ISHID* jangarilari Jalolobodda toliblar avtomobillariga ikki marta hujum qilishdi, Kobul va boshqa viloyatlarni chiroqsiz qoldirish maqsadida elektr uzatish tarmoqlari ustunlarini portlatishdi (ilgari toliblarning oʻzi bu usuldan foydalanib, hukumatni obroʻsizlantirishgan). “Xuroson viloyati”* hukumat va taʼsir kuchini kengaytirish uchun kurashishga tayyor. Yakshanba kuni Hirotdagi toliblar va ISHID jangarilari oʻrtasidagi otishmada 17 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi.
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Dunyoda
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
Xuddi shu kuni ishidchilar bayrogʻi Uruzgan viloyatida koʻtarilgan va mahalliy aholiga ISHIDga qoʻshilish uchun 30 ming afgʻoniy (340 dollar) taklif qilishgan. Afgʻonlar uchun bu katta puldir. Afghanistan.ru portali xabariga koʻra, Hirotda “Islom davlati”ga* toliblarning katta guruhi qoʻshilgan.
Afgʻonistonda turli yoʻnalishlardagi vaziyat yomonlashmoqda, hatto bosiq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 25 oktyabr kuni Doxadagi muzokaralarda ochiqchasiga toliblarni oshkoralikni namoyon etishga, ayollar va bolalarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga, barcha etnik guruhlarni birlashtirishga davʼat qildi. Toliblar ertasi kuni Kobuldagi ayollarning norozilik namoyishini tarqatib yuborishdi.
Avvalroq “Tolibon”* vakili Zabiulloh Mujohid qisqacha ayollar huquqi haqida fikr bildirgandi: “Ayollar shariat doirasida yashashadi”.
Chegaradosh mamlakatdagi uzoq turbulentli holat ortida Tojikiston parlamenti quyi palatasi raisi Mahmadtoir Zokirzoda KXSHT hamkorlarini mustahkam kamar yaratishga chaqirdi va Moskva esa darhol 201-sonli Rossiya harbiy bazasini 30 ta modernizatsiya qilingan T-72BZM tanklari bilan mustahamlash bilan javob berdi.
Ilgariroq “Moskva formatidagi” munozaralarning ehtimoliy kengayishi uchun motooʻqchilar boʻlinmalari bazalari zamonaviy BMP-2, eng yangi “Verba” koʻchma zenit raketa majmualari hamda otish masofasi oshirilgan oʻqotar reaktivlar, “Kornet” tankka qarshi raketa majmualari, 12,7 mm kalibrli “Kord” ASVK-M spayper miltiqlari, AK-12 avtomatlari va boshqa qurollarni olishdi.
Vitse-prezident Afganistana Amrulla Salex - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzini Afgʻoniston prezidenti deb eʼlon qilgan Solih Pokistonga qarshi kurashga chorladi

AQShning Pokistondagi aviabazasi

AQSH va NATO mamlakatlari avvalgidek u yerda 20 yil jang qilishgan Afgʻoniston kelajagi uchun javobgarlikni anglashmadi. Magʻlubiyat va amerika qoʻshinlarining olib chiqib ketilishiga qaramasdan Vashington mintaqa oʻyinchilari bilan afgʻon chegaralari yaqinida “zaxira aerodromini” joylashtirish borasida kelishib koʻrishga ham urinib koʻrdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari qabul qilmaslik pozitsiyalarini yetarlicha keskin bayon qilishdi, ammo AQSH HHK bazasining Pokistonda paydo boʻlish ehtimoli yuqori.
Boz ustiga, Islomobod toliblar bilan hamkorlikning “norasmiy yoʻllarini” yoʻlga qoʻydi. Pokiston va Qoʻshma Shtatlar Pokiston havo maydonidan Afgʻonistonda AQShning HHKning jangovar va razvedka operatsiyalari uchun foydalanish toʻgʻrisida bitimni imzolashga yaqin turibdi. Shu tariqa, Vashington, magʻlubityat alamining bir qismining oʻrnini bosadi, Islomobod esa terrorizmga qarshi kurashish va Hindiston bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyishda Amerika yordamini oladi.
Agar Amerika jangovar aviatsiyasi Afgʻoniston hududini qattiq nazorat qilish imkoniga ega boʻlsa, shubhasiz, 20 yillik tarix qaytariladi. Bu tinch aholi boshiga yangi qashshoqlik, chegaradosh Markaziy Osiyo mamlakatlariga esa qochoqlarning yangi oqimini olib keladi.
Amerikanskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Siyosat
Toshkent Pentagon delegatsiyasining tashrifi yuzasidan rasmiy soʻrov olmagan – Mudofaa vazirligi
Raqamlarni yaxshi tushunish uchun: amerikaliklar Afgʻonistondan 124 ming nafarcha kishini evakuatsiya qilishdi. Shimoliy Amerikadagi Pentagon bazasining oʻzida 53 mingdan ziyod afgʻonlar bor. Afgʻonistonda vaziyatning yanada keskinlashi oqibatida millionlab kishilar qochoq boʻlishadi. Afgʻoniston Islom Respublikasining avvalgi rahbariyati vakillari kuni kecha milliy qarshilik koʻrsatishning Oliy kengashi tuzilganini maʼlum qilishdi. Kengash fuqarolarni ichki zolimona hukmrolikka, xorijiy tajovuz va istiloga mashaqqiyatli va uzoq qarshilik koʻrsatishga chaqirdi. Afgʻonston hududidagi hammaning hammaga qarshi urushi uzoq choʻzilishga vaʼda bermoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala