Sport

Qariyb 10 yillik tanaffusdan keyin oʻzbek dzyudochisi jahon reytingi yetakchisiga aylandi

© AFP / JACK GUEZDzyudoist Davlat Bobonov zavoyeval bronzovuyu medal na Olimpiyskix igrax v Tokio-2020
Dzyudoist Davlat Bobonov zavoyeval bronzovuyu medal na Olimpiyskix igrax v Tokio-2020 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Oxirgi marta dzyudochi Rishod Sobirov London-2012 Olimpiadasidan avval -60 kg vaznda birinchi oʻrinda qayd etilgan edi.
TOSHKENT, 27 okt – Sputnik. Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, unda -90 kg vazn toifasida dzyudochi Davlat Bobonov birinchi oʻringa koʻtarilib olgan.
Bobonov joriy yil Jahon chempionatida kumush, Tokio-2020 Olimpiada oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Qayd etish joiz, oxirgi marta dzyudochi Rishod Sobirov London-2012 Olimpiadasidan avval -60 kg vaznda birinchi oʻrinda qayd etilgan edi.
Yangilangan reytingda oʻzbek dzyudochilari quyidagi pogʻonalardan oʻrin olgan:
-60 kg: Kemran Nurillayev 20-oʻrin:
-66 kg: Sardor Nurullayev 6-oʻrin;
-73 kg: Hikmatilloh Toʻrayev 13-oʻrin;
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev 4-oʻrin;
-90 kg: Davlat Bobonov 1-oʻrin, Shermuhammad Jandreyev esa 35-oʻrin;
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov 13-oʻrin;
+100 kg: Alisher Yusupov 22, Bekmurod Oltiboyev esa 26-oʻrin;
Ayollar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova 11-oʻrin;
-70 kg: Gulnoza Matniyazova 11-oʻrin.
Dzyudoist Sardor Nurillayev zavoyeval titul chempiona Azii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Sport
Dzyudochi Sardor Nurillayev Osiyo chempioni boʻldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala