Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda

Obuna bo‘lish
Xitoy o‘z chegaralarini ochishi bilan temir yo‘lning bu tarmog‘i qurilishi boshlanishi kutilmoqda
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l qurilish ishlari loyihasi tayyorlanib qo‘yildi. Bu haqda 27-oktabr kuni Qirg‘iziston hukumati raisi Akilbek Japarov Juqori Kengishning yalpi majlisida aytib o‘tgan.
“Vazirlar vertolotda uchib hammasini ko‘rishdi, barcha zarur hujjatlarni tayyorlab bo‘lindi. Xitoy o‘z chegaralarini ochishi bilan, shu zahoti prezident Sadir Japarovning tashrifi kutilmoqda. Bu masalalar muhokama qilinib, yechimi amalga oshadi”, – dedi Qirg‘iziston hukumati raisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashrifda moliyalaviy jihatlari hal qilinishi ham nazarda tutilgan. Shuningdek, Qirg‘iziston hududidan 280 kilometrga cho‘zilgan temir yo‘lning, 57 kilometri tonnellarga to‘g‘ri keladi.
“Xorijlik ekspertlar, bu loyihani amalga oshirish imkoniyati to‘laqonli mavjud deb aytishmoqda”, – deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq, Xitoyning Uxan shahridan Toshkent tomon ilk bora 600 tonna yuk ortilgan poyezd yo‘lga chiqqanligi haqida xabar berilgandi.
Yangiliklar lentasi
0