Sport

Boks: Lazizbek Mullajonov eronlik raqibi ustidan gʻalaba qozondi

© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksyor Lazizbek Mullojonov
Boksyor Lazizbek Mullojonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Belgraddagi boks boʻyicha Jahon chempionatida Lazizbek Mullajonov birinchi jangida gʻalaba qozondi.
TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Serbiyaning Belgrad shahrida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha Jahon chempionatining 4-kungi bahslarida Lazizbek Mullajonov gʻalaba qozondi.
+92 kg vazn toifasida harakat qiladigan Lazizbek Mullajonov eronlik Puria Amiriga qarshi ringga koʻtarildi. Dastlabki ikki raundda ustunlikka erishgan Lazizbek 4:1 hisobida ustun keldi va keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Lazizbek endi navbatdagi jangini angiyalik Delikous Oriyega qarshi oʻtkazadi.

JChda oʻzbekistonlik bokschilar ishtiroki

28 oktyabr kuni Mirazizbek Mizaxalilov amerikalik bokschiga magʻlub boʻlib, oʻz ishtirokini yakunladi. 27 oktyabr kuni Shohjahon Abdullayev belgiyalik bokschiga qarshi jangda nokautni qabul qilib oldi. 26 oktyabr kungi bahslarda Saidjamshid Jaʼfarov slovakiyalik raqibi yengib, keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega boʻldi.
Hasanboy Doʻstmatov qozogʻistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Hakamlar qaroriga koʻra gʻalaba Saken Bibossinovga berildi. Shu tariqa Doʻstmatov musobaqa bilan xayrlashdi.
26 oktyabr kuni Odiljon Aslonov jangsiz 1/16 finalga yoʻl oldi. Chunki uning tanzaniyalik raqibi nomaʼlum sababga koʻra jangga chiqmaydigan boʻldi. Chempionatning birinchi kunida Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev irlandiyalik raqibidan ustun keldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala