Iqtisod

Dollar keskin oshishi mumkin - ekspert prognozi

© Sputnik / Maksim BlinovDollar
Dollar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Tez kunlarda boʻlib oʻtadigan voqealarning biri amerika valyutasiga keskin taʼsir koʻrsatishi prognoz qilinmoqda
TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Federal Rezerv tizimi vakillari yigʻilishidan keyin dollar qimmatlashishi mumkin. Tadbir 3 noyabrga rejalashtirilgan. Bu haqda "Praym" agentligi bilan suhbatda tahlilchi Andrey Maslov xabar qilgan.
Davlat obligatsiyalarini xarid qilish dasturlarining qisqartirilishi foyda oʻsishini tezlashtiradi. Shu tariqa, dollarga qiziqish keskin ortishi mumkin, deydi mutaxassis.
"Noyabrdagi kengashda Fedrezerv miqdoriy yumshatishlarning qisqartirilishi haqida eʼlon qilsa, dollar sezilarli mustahkamlanishi mumkin", - deya taʼkidladi Maslov.
Sostoyalos torjestvennoye otkrыtiye parka Yangi Uzbekiston i monumenta Nezavisimosti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Iqtisod
2030 yilga borib aholi jon boshiga daromad 4000 dollardan oshadi - prezident
Analitik keyingi ikki hafta davomida chet el valyutasini xarid qilishni maslahat bergan.
Maslov, shuningdek, ayni vaqtda yevro dollarga nisbatan ancha stabil ekanini qoʻshimcha qildi. Valyuta koronavirus pandemiyasining ikki yilini nisbatan yaxshi oʻtkazdi.
Ayni vaqtda global energetik inqiroz, inflyatsiya oshishi va ishlab chiqarish dinamikasini sust surʼatlari tufayli dollar kursi pastlashi davom etmoqda.
Bu holat bozorlardagi ortiqcha optimiz tufayli anchayin tashvishni yuzaga keltirmoqda, deya xotima qiladi Maslov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala