Rossiya

Gintsburg koronavirusdan 100% himoyalanish uslubini aytdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishBrifing, posvyaщennыy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaktsine ot COVID-19
Brifing, posvyaщennыy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaktsine ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Gamaleya nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan yangi burunga tomiziladigan vaktsina "Sputnik V" bilan birga qoʻllanilganda COVID-19dan mutlaq qilishi mumkin.
TOSHKENT, 28 okt —Sputnik. Agar kishi "Sputnik V” vaktsinasi olib, undan soʻng burunga tomiziladigan vaktsina bilan revaktsinatsiya qilinsa, u nafaqat koronavirusning ogʻir kechishi balkim COVID-19dan 100%ga himoyalanishi mumkin, dedi Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi direktori Aleksandr Gintsburg.
“Bizning dastlabki xulosamizga koʻra, bunday immunitet “steril” darajada boʻladi, yaʼni emlangan kishi nefaqat gumoral balkim “kirish darvozasi” miqyosida mukozal immunitetga ham ega boʻladi”, - dedi Gintsburg.
Ilmiy markaz rahbari soʻzlariga koʻra, vaktsinani burunga tomizish yoʻli bilan kiritganda, virus oldiga yana bir “alohida toʻsiq” qoʻyiladi.
Koronavirusga qarshi burunga tomiziladigan vaktsina haqida dastlab bir hafta oldin, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Aleksandr Gintsburg bilan suhbati vaqtida maʼlum boʻlgan edi. Oʻshanda shifokor prezidentga ushbu vaktsina 3 yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun ishlab chiqilayotganini va yangi yilga qadar uning klinik sinovlari yakunlanishini xabar qilga edi.
Eslatib oʻtamiz, Gamaleya nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan “COVID-19” vaktsinasi, koronavirusga qarshi roʻyxatga olingan dunyoda birinchi vaktsina boʻlgan edi. Vaktsina 1 bosqichdan iborat boʻlib, bugungi kunda u koronavirusga qarshi 93% samaradorlik koʻrsatmoqda.
Ushbu markaz tomonidan COVID-19ga qarshi ishlab chiqilgan yana bir vaktsina – “Sputnik Light” bir komponentli vaktsina boʻlib u uning koronavirusga qarshi samaradorligi 83%ni tashkil qiladi. “Sputnik V” bilan emlangan fuqarolar bir yildan soʻng “Sputnik Light” bilan qayta vaktsinalanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala