Siyosat

Hokim va ularning oʻrinbosarlari reytingi eʼlon qilindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Respublika boʻylab hokimlarning faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi reyting eʼlon qilindi.
TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Oʻzbekistonning barcha tuman, (shahar)larida hokim va hokim oʻrinbosarlari faoliyatining baholash reytingini eʼlon qildi.
Yuqori koʻrsatkichli viloyatlar reytingida Navoiy viloyati (87 ball) peshqadamlik qilmoqda qilmoqda. Keyingi yuqori oʻrinlarda Xorazm (86), Andijon (84), Buxoro (84) viloyatlari. Eng oxirgi pogʻonani Surxondaryo viloyati egallagan (66).
Koʻrsatkichlari eng yuqori tuman (shahar)lar reytingida Qorovulbozor tumani (Buxoro) 98,2 ball bilan 1-pogʻonada qayd etilgan. Keyingi oʻrinlarni Yangibozor tumani (Xorazm), Shirin shahri (Sirdaryo), Gʻazgʻon shahri (Navoiy) va Mirobod tumani (Toshkent shahri) band etib turibdi.
Koʻrsatkichlari eng quyi tuman (shahar)lar reytingida Sariosiyo tumani (Surxondaryo) 1-oʻrinni egallagan (60,8 ball). Undan keyin Chiroqchi (Qashqadaryo), Boʻstonliq (Toshkent v.), Pastdargʻom (Samarqand) tumanlari keltirilgan.
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2020
Siyosat
Hokimlarning ayrim funktsiya va vakolatlari bekor qilindi
Hokim oʻrinbosarlarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha reytingida 1 -oʻrin Navoiy viloyatining Gʻazgʻon shahriga nasib etgan. Keyingi yuqori oʻrinlarni Yangihayot tumani (Toshkent sh.) va Ulugʻnor (Andijon) tumanlari band etgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda prezident qarori bilan hokimlarning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash tartibi joriy etilgan edi. Ular faoliyati "qoniqarsiz", "qoniqarli", "yaxshi" va "aʼlo" deb baholanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala