Iqtisod

JST Oʻzbekistonning tashkilotga qoʻshilishiga yordam beradi

© AFP / FABRICE COFFRINILogotip VTO
Logotip VTO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
JST Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlishi jarayonida har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Jahon Savdo tashkiloti Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi jarayonida yordam beradi. Bu haqida 26 oktyabr kuni Oʻzbekiston tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzakovning JST bosh direktori oʻrinbosari Syanchen Chjan bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida kelishib olindi.
Uchrashuvda tomonlar yil oxirigacha JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha Ishchi guruhning 5-yigʻilishini oʻtkazish masalalarini muhokama qildilar. Tashkilot rahbariyati ushbu tadbirni oʻtkazishda va umuman Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi jarayonida har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Zarur hujjatlarni tayyorlashda JST Kotibiyati va uning xalqaro ekspertlari tomonidan Oʻzbekistonga koʻrsatilayotgan texnik yordamni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muzokara jarayoni bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etishni jadallashtirish yuzasidan birgalikdagi ishlarni faollashtirishga oʻzaro tayyorligini bildirdilar.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston oʻziga foydali boʻlgan xalqaro iqtisodiy uyushmalarga aʼzo boʻlishga harakat qilib kelmoqda. 2017 yilda Shavkat Mirziyoyev JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha saʼy-harakatlar boshlangani haqida eʼlon qilgan edi.
Undan tashqari 2020 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YEOII) kuzatuvchi maqomini olgan edi. Shundan soʻng respublika YEOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Aprel oxirida Oʻzbekiston YEOII Iqtisodiy komissiyasi (YEIK) bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida memorandum imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala