Kim Chen In keskin ozib ketgan: uning qiyofadoshi bormi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In
Predsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Kim Chen In ozib ketgan, lekin uning sog‘lig‘i yomonlashgani yo‘q
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Shimoliy Koreya lideri Kim Chen In yigirma kiloga oriqlab ketgan, lekin sog‘lig‘i yomonlashganligining hech qanday a’lomatlari yo‘q.
Bu haqda RIA Novosti Janubiy Koreyaning Ronxap axborot agentligining manbasiga tayanib xabar berdi.
Nashrning ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya davlat razvedka boshqarmasining bo‘lib o‘tgan yopiq yalpi majlisida, go‘yoki xaloyiq oldida Kim Chen In egizagi ko‘rinish berayotganligi haqida mish-mishlar rad etildi.
Aslida, Shimoliy Koreya rahbari oriqlab ketgan, gap shundaki, ilgari uning vazni 140 kilogramni tashkil qilgan.
Shu kunlarda, AQSh OAVlari xabarlarida, go‘yo Kim Chen In opasi tomonidan hukumatdan chetlashtirilgan, aslida uning o‘rniga qiyofadoshi darak bermoqda deyilgan.
"Rongxap" nashriga ko‘ra, Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inning suratlaridan uning sog‘lig‘ini tahlil qilgan va bu uchun ular “sun’iy intellekt texnologiyasi va boshqa ilmiy usullar”dan foydalangan.
Predsedatel Trudovoy partii Korei Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Shimoliy Koreya yetakchisi juda oriqlab ketdi - video
Estalib o‘tamiz, Kim Chen In hukumat tepasiga uning otasi Kim Chen Ir dan so‘ng, 2011-yil kelgan. Uning bobosi Kim Ir Sen 1994-yilda vafot etgan. Koreya Xalq Demokratik Respublikasining asoschisi hisoblanadi,
Shimoliy Koreyada hokimiyat "ota hech qachon otasining ahdlariga xiyonat qilmaydi", degan asosda meros bo‘lib o‘tadi. Hozirda Kim Chen Inning merosxo‘ri bor yoki yo‘qligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0