Iqtisod

Klasterlarga kreditlar 24 oyga beriladi- Mirziyoyev

© AFP / AAMIR QURESHIXlopok
Xlopok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Klasterlar paxta xom-ashyosini kalavaga aylantirganidan soʻng olgan kreditini qaytarishni boshlaydi.
TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Qishloq xoʻjaligini jiddiy oʻzgarishlar kutmoqda, bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisda xabar qildi.
Prezident xususan, sohadada hosildorlikni kelgusi 5 yilda 2 baravar oshirish, eksportini 7 milliard dollarga yetkazish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va aholi bandligi va daromadlarini yanada oshirish kabi vazifalarni qoʻydji.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda - klasterlar asosiy tayanch va yetakchi boʻladi, - dedi prezident.
Chunki paxtachilik sohasida tashkil qilingan klasterlar soʻnggi yillarda yaxshi natija koʻrsatgan. Xususan, tolani qayta ishlash 2 baravar oshgan, ip-kalava ishlab chiqarish - 2 baravar, tayyor mahsulot ishlab chiarish - 3 barvvar oshib soha daromadi 3 milliard dollarga yetgan. Klasterlarda innovatsion yondashuv natijasida paxta hosildorligi ham 35-40 tsentnerga yetgan.
Lekin sohada muammolar ham bor. Xususan - eskicha moliyalashtirish tartibi. Hozirgi kunda kreditlar ekinga tayyorlash vaqtidan boshlab berilishi kerak, lekin banklar buni kechiktirib, odatda ferval oylarida berishni boshlaydi. Shuningdek, dehqonlar kreditlar muddatini uzaytirish va miqdorini koʻpaytirishni soʻrashmoqda.
Bu tizim endi toʻliq oʻzgaradi. Kreditlar bundan buyon oktyabr oyidan boshlab 24 oyga ajratila boshlaydi. ularning imtiyozli davri 11 oydan 18 oygacha boʻladi. Xullas, klaster xom-ashyoni ip kalavaga aylantirganidan soʻng kreditni qaytaradi.
Ushbu sohani isloh qilish uchun byudjetdan 10 trillion soʻm va 100 million dollar ajratiladi. Yangi tizimni joriy etish Moliya vazirligi va Markaziy bank zimmsiga yuklatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala