Kurka stendap yozayotgan boshlovchini ketidan cho‘qidi — ayol reaksiyasi. Video

© Sputnik / Konstantin ChalabovIndushata
Indushata - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Ushbu kulgili holat Buyuk Britaniyaning Esseks grafligida yuz berdi. Video kadrlarida ko‘rinib turibdiki, boshlovchi kurkalar orasida turib, stendap yozishga harakat qilgan.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Buyuk Britaniyada sujet tayyorlayotgan CNN jurnalisti Anna Stuartni kurka orqasidan cho‘qib oldi. Kulgili videoni jurnalist ayol Twitterda e’lon qilgan.
Voqea Esseks grafligida, suratga olish guruhi Rojdestvo bayramiga kurka go‘shti taqchil bo‘lishi ehtimoli haqida sujet tayyorlayotganida ro‘y bergan. Kadrlarda Stuart kurkalar orasida turgan holda stendap yozmoqchi bo‘lgan. Ammo ayol kameraga qarab gapirishni boshlashi hamon, kurkalardan biri uning ketini cho‘qib olgan. Jurnalist qichqirib yuboradi, shu vaqt, kurkalar xuddiki boshlovchining ustidan kulayotgandek baralla o‘zlariga xos ovoz bilan qurillay boshlashadi.
"U meni ketimdan tegindi", — deydi kulgidan o‘zini tiyolmay Stuart.
Keyinchalik jurnalist videoni Twitterda e’lon qiladi.
"Kurkalar chindan ham meni ustidan kulishni rejalashtirgan ekan, bunga shubham qolmadi", — deb yozadi ayol ijtimoiy tarmoqda.
Video katta tezlikda internetda ommalashib ketdi. Hozirda uni milliondan ortiq kishi tomosha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0