Rossiya

MDH mamlakatlarida Rossiya bolalar universiteti paydo boʻladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishUrok russkogo yazыka
Urok russkogo yazыka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Bu Rossiyaning bolalar va MDHdan boʻlgan oʻsmirlarga moʻljallangan birinchi tizimli taʼlim loyihasidir.
TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Rossotrudnichestvo MDH mamlakatlarida Rossiya bolalar universitetini tashkil etishga kirishdi. Bu haqda Rossiyaning Janubi-Gʻarbiy davlat universiteti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu Rossiyaning bolalar va yaqin xorijiy mamlakatlardan boʻlgan oʻsmirlarga moʻljallangan birinchi tizimli taʼlim loyihasidir. Taʼlim ikki yil davom etadi.
“Bolalar universiteti bolalarga maktab oʻrnini bosishga daʼvogarlik qilmaydi. Uning vazifasi bolalarni ilm-fan bu juda qiziq va maroqli ekaniga ishontirishdan iborat. Universtitet tayyorlash yoʻnalishlari – tabiiy ilmiy va texnik fanlari. Onlayn format oʻqishga yosh talabalarni uchta yoshiga qarab boʻlingan guruhni jalb qilishga yordam beradi: 7-9, 9-11 va 12-14 yosh”, - deyilgan xabarda.
Oʻqituvchilar bolalarga qiyin ilmiy va texnik muammolar haqida sodda va qiziq soʻzlab berishlari aytilmoqda.
Loyihani Rossiyaning Janubi-Gʻarbiy davlat universiteti ishlab chiqqan. Birinchi bosqichda Rossiya bolalar universitetining asosiy vositalarini yaratish zarur – portalda oʻquv materiallari mavjud boʻlishidan tashqari oʻqituvchilarning talabalar bilan bilan tezkor muloqoti taʼminlanishi lozim.
rchu.org saytida Rossiya bilimlari bazasi, mashgʻulotlarga oid maʼlumotnomalar, talaba bolalarning eng qiziq savollariga javoblar va boshqa koʻplab narsalar joylashtiriladi. Portalni 5-7 noyabr kuni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi boʻlib Qozogʻiston va Qirgʻizistondan boʻlgan bolalar taʼlim olishi mumkin.
Priyemnaya kampaniya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Analitika
Shevtsov: Rossotrudnichestvo barcha MDH mamlakatlari uchun kvotalarni koʻpaytiradi
Loyihaning asosiy maqsadi Rossiya taʼlimini xorijda targʻib qilish, Rossiya texnika universitetlarining xorijlik talabalarin erta tayyorlash uchun sharoitlar yaratishdir. Taʼlim rus tilida olib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala